https://oz.sputniknews.uz/20250413/buxoro-elektromobil-tez-yordam-mashina-48859848.html
Buxoroda 24/7 tartibidagi tez yordam mashinalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Buxoroda 24/7 tartibidagi tez yordam mashinalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Sputnik O‘zbekiston
Buxoroning tarixiy maskanlarida 24/7 tartibidagi elektromobil tez yordam mashinalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi
2025-04-13T12:15+0500
2025-04-13T12:15+0500
2025-04-13T12:15+0500
jamiyat
o‘zbekiston
buxoro
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0d/48859381_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_6bd60a2914e283c71392028de9212720.jpg
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Buxoroning tarixiy maskanlarida 24/7 tartibidagi elektromobil tez yordam mashinalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.Aytilishicha, ushbu xizmatda faoliyat olib boruvchi tibbiyot xodimlari, xususan, feldsherlar xorijiy tillarni biladi va ular yuqori malakaga ega.Ular favqulodda holatlarda professional tarzda harakat qilish, bemorga birinchi yordam ko‘rsatish hamda kerakli tibbiy muolajalarni amalga oshirish tajribasiga ega.Qayd etilishicha, mazkur tashabbus sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish, mahalliy va xorijiy mehmonlarga munosib shart-sharoit yaratish, ularning xavfsizligi hamda sog‘lig‘ini asrash maqsadida amalga oshirildi.Buxoroning yetti piri: muqaddas so‘fiy ziyoratgohlariga sayohat
https://oz.sputniknews.uz/20250411/somoniylar-buxoron-48792429.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0d/48859381_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_ab1cde2c0d1192cc49090333c3e55cb0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
buxoroning tarixiy maskanlari 24/7 tartibidagi elektromobil tez yordam mashinalari
buxoroning tarixiy maskanlari 24/7 tartibidagi elektromobil tez yordam mashinalari
Buxoroda 24/7 tartibidagi tez yordam mashinalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Ushbu xizmatda faoliyat olib boruvchi feldsherlar xorijiy tillarni biladi va ular yuqori malakaga ega.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Buxoroning tarixiy maskanlarida 24/7 tartibidagi elektromobil tez yordam mashinalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi
matbuot xizmati. “Buxoro shahrining tarixiy qismlarida joylashgan ziyoratgohlar, madaniy meros obyektlari va sayyohlar ko‘p to‘planadigan hududlarda zamonaviy hamda ekologik toza — elektromobil tez tibbiy yordam mashinalarining 24/7 tartibida ish faoliyati tashkil etildi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, ushbu xizmatda faoliyat olib boruvchi tibbiyot xodimlari, xususan, feldsherlar xorijiy tillarni biladi va ular yuqori malakaga ega.
Ular favqulodda holatlarda professional tarzda harakat qilish, bemorga birinchi yordam ko‘rsatish hamda kerakli tibbiy muolajalarni amalga oshirish tajribasiga ega.
“Bu loyiha nafaqat turistlar, balki mahalliy aholi uchun ham qulaylikdir. Zero, jamoat joylarida tez tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyoj — hayot uchun muhim omillardan biri hisoblanadi”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur tashabbus sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish, mahalliy va xorijiy mehmonlarga munosib shart-sharoit yaratish, ularning xavfsizligi hamda sog‘lig‘ini asrash maqsadida amalga oshirildi.