https://oz.sputniknews.uz/20250411/xitoy-evropaga-xalqaro-savdoni-birgalikda-himoya-qilishni-taklif-qildi-48831632.html
Xitoy Yevropaga xalqaro savdoni birgalikda himoya qilishni taklif qildi
Xitoy Yevropaga xalqaro savdoni birgalikda himoya qilishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Bojlar urushida g‘oliblar bo‘lmaydi, butun dunyoga qarshi chiqish o‘zingizni izolyatsiya qilish demakdir - Si Szinpin. 11.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-11T13:48+0500
2025-04-11T13:48+0500
2025-04-11T15:46+0500
aqsh
aqsh prezidenti
xitoy
yevropa ittifoqi
dunyo yangiliklari
dunyoda
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0b/48835587_0:157:3080:1890_1920x0_80_0_0_c8c2addd07b24ca1435123a9453b3d73.jpg.webp
TOShKENT, 11 apr – Sputnik. Pekin va Brussel nafaqat o‘z manfaatlarini, balki xalqaro qoidalarni ham himoya qilish uchun bir tomonlama bezorilikka qarshi turishi kerak, dedi Xitoy rahbari Si Szinpin, Xitoy markaziy televideniyesi xabariga ko‘ra.Xitoy rahbari, shuningdek, xalqaro tartibni himoya qilishga chaqirdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hech qachon boshqalarning shafqatiga tayanmagan va asossiz bosimdan qo‘rqmagan. Tashqi muhitdagi o‘zgarishlardan qat’i nazar, Pekin o‘ziga ishongan, qat’iyatli va o‘z ishiga e’tiborini qaratgan bo‘lib qoladi.Eslatib o‘tamiz, 2-aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp dunyoning 186 ta davlatiga qarshi import bojlar joriy etilishini e’lon qildi. Xitoyga nisbatan bojlar 34 foiz boj kiritildi, amaldagi bojlar bilan ularning jami miqdori 54%ga yetdi. Bunga javoban Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Amerikaning barcha tovarlariga 34 foizlik qo‘shimcha bojlar joriy qildi.Shundan so‘ng AQSh tariflarni 104 foizgacha oshirdi, Pekin bunga javoban 84 foizlik qo‘shimcha tarif stavkasi bilan javob berdi. Keyin Tramp Xitoyga nisbatan bojlarni avvaliga 125 foizga, tez orada esa 145 foizga oshirdi. 11-aprel kuni Xitoy AQShga qarshi bojlarni 125 %ga ko‘targanini e’lon qildi.Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Lin Szanning ta’kidlashicha, tarif urushida g‘oliblar yo‘q. Pekin jang qilishni xohlamaydi, lekin jangdan ham qo‘rqmaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20250409/xitoy-markaziy-banki-dollar-xaridi-48797101.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0b/48835587_175:0:2906:2048_1920x0_80_0_0_7f51f39690f1c392bd49c8767df97287.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh, aqsh prezidenti, xitoy, yevropa ittifoqi, dunyo yangiliklari, dunyoda, iqtisod
aqsh, aqsh prezidenti, xitoy, yevropa ittifoqi, dunyo yangiliklari, dunyoda, iqtisod
Xitoy Yevropaga xalqaro savdoni birgalikda himoya qilishni taklif qildi
13:48 11.04.2025 (yangilandi: 15:46 11.04.2025) Bojlar urushida g‘oliblar bo‘lmaydi, butun dunyoga qarshi chiqish o‘zingizni izolyatsiya qilish demakdir - Si Szinpin.
TOShKENT, 11 apr – Sputnik. Pekin va Brussel nafaqat o‘z manfaatlarini, balki xalqaro qoidalarni ham himoya qilish uchun bir tomonlama bezorilikka qarshi turishi kerak, dedi Xitoy rahbari Si Szinpin, Xitoy markaziy televideniyesi xabariga ko‘ra.
“Xitoy va Yevropa Ittifoqi o‘z xalqaro majburiyatlarini bajarishi, iqtisodiy globallashuv tendensiyasini birgalikda qo‘llab-quvvatlashi va xalqaro savdo muhitini himoya qilishi kerak”, - dedi u Pekinda Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan uchrashuvda.
Xitoy rahbari, shuningdek, xalqaro tartibni himoya qilishga chaqirdi.
"Bojlar urushida g‘oliblar bo‘lmaydi, butun dunyoga qarshi chiqish o‘zingizni izolyatsiya qilish demakdir", - deb tushuntirdi Si Szinpin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hech qachon boshqalarning shafqatiga tayanmagan va asossiz bosimdan qo‘rqmagan. Tashqi muhitdagi o‘zgarishlardan qat’i nazar, Pekin o‘ziga ishongan, qat’iyatli va o‘z ishiga e’tiborini qaratgan bo‘lib qoladi.
Eslatib o‘tamiz, 2-aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp dunyoning 186 ta davlatiga qarshi import bojlar joriy etilishini e’lon qildi. Xitoyga nisbatan bojlar 34 foiz boj kiritildi, amaldagi bojlar bilan ularning jami miqdori 54%ga yetdi. Bunga javoban Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Amerikaning barcha tovarlariga 34 foizlik qo‘shimcha bojlar joriy qildi.
Shundan so‘ng AQSh tariflarni 104 foizgacha oshirdi, Pekin bunga javoban 84 foizlik qo‘shimcha tarif stavkasi bilan javob berdi. Keyin Tramp Xitoyga nisbatan bojlarni avvaliga 125 foizga, tez orada esa 145 foizga oshirdi. 11-aprel kuni Xitoy AQShga qarshi bojlarni 125 %ga ko‘targanini e’lon qildi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Lin Szanning ta’kidlashicha, tarif urushida g‘oliblar yo‘q. Pekin jang qilishni xohlamaydi, lekin jangdan ham qo‘rqmaydi.