Somoniylar me’morchilik durdonasi: Buxoroning qadimiy gavhari
Somoniylar me’morchilik durdonasi: Buxoroning qadimiy gavhari
Sputnik O‘zbekiston
Somoniylar maqbarasi Buxoroning Registon maydoniga yaqin, qadimiy qabriston o‘rnida joylashgan. Bu buyuk tarixiy yodgorlik quyosh nurida toblanib turgan Somoniylar bog‘ida, xalqning ma’naviy merosi sifatida ajralib turadi. Maqbara Somoniylar sulolasining asoschisi Ismoil Samoni tomonidan, o‘zining otasi Ahmad ibn Asad uchun qurdirilgan. Keyinchalik, bu joy Somoniylar sulolasining asosiy dafn mahalliga aylanib, Ismoil Somoni va uning nabiralari ham shu yerda dafn etilgan.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik, Bahrom Hatamov. Buxoroning mashhur Registon maydoni yaqinida, ilgari qadimiy qabriston o‘rnida hozir Somoniylar bog‘i barpo etilgan. Ushbu bog‘da quyosh nurlaridan charog‘on bo‘lib turgan buyuk tarixiy yodgorlik — Somoniylar maqbarasi joylashgan.Bu buyuk tarixiy yodgorlik xalqning ma’naviy merosi sifatida ajralib turadi. Maqbara Somoniylar sulolasining asoschisi Ismoil Somoniy tomonidan o‘zining otasi Ahmad ibn Asad uchun qurdirilgan. Keyinchalik bu joy Somoniylar sulolasining asosiy dafn mahalliga aylanib, Ismoil Somoni va uning nabiralari ham shu yerda dafn etilgan.Somoniylar sulolasi davrida Buxoro musulmon olamining yirik ilmiy va madaniy markaziga aylangan. Bu zamon “Sharq Renessansi” deb ataladi. Shu davrda Abu Ali ibn Sino, Ro‘dakiy, Beruniy, Firdavsiy, Forobiy, Al-Xorazmiy, Tabari kabi allomalar yashab ijod qilgan.
Buxoro shahri yuragida, Registon maydoni yaqinida joylashgan Somoniylar maqbarasi — Markaziy Osiyodagi islom me’morchiligi tarixida benazir va betakror me’moriy yodgorlik hisoblanadi.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik, Bahrom Hatamov. Buxoroning mashhur Registon maydoni yaqinida, ilgari qadimiy qabriston o‘rnida hozir Somoniylar bog‘i barpo etilgan. Ushbu bog‘da quyosh nurlaridan charog‘on bo‘lib turgan buyuk tarixiy yodgorlik — Somoniylar maqbarasi joylashgan.
Bu buyuk tarixiy yodgorlik xalqning ma’naviy merosi sifatida ajralib turadi. Maqbara Somoniylar sulolasining asoschisi Ismoil Somoniy tomonidan o‘zining otasi Ahmad ibn Asad uchun qurdirilgan. Keyinchalik bu joy Somoniylar sulolasining asosiy dafn mahalliga aylanib, Ismoil Somoni va uning nabiralari ham shu yerda dafn etilgan.
Somoniylar sulolasi davrida Buxoro musulmon olamining yirik ilmiy va madaniy markaziga aylangan. Bu zamon “Sharq Renessansi” deb ataladi. Shu davrda Abu Ali ibn Sino, Ro‘dakiy, Beruniy, Firdavsiy, Forobiy, Al-Xorazmiy, Tabari kabi allomalar yashab ijod qilgan.
Maqbara 892–943 yillar oralig‘ida qurilgan va u Markaziy Osiyodagi eng qadimgi islom arxitekturasi namunasi sifatida e’tirof etilgan. Ushbu me’moriy obidaning ahamiyati shundaki, islomda yopiq maqbaralar qurilishiga ruxsat berilmagan. Shu bois Somoniylar maqbarasi, ehtimol, bunday me’moriy uslubdagi birinchi obidadir
Maqbaraning shakli va qurilishida zardushtlik davridagi olov ibodatxonalari an’analari aks etgan. Bu uning islomgacha bo‘lgan madaniy qatlamlar bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, maqbarada yangicha me’moriy yechimlar ham bor — bu yechimlar keyingi asrlarda Markaziy Osiyo me’morchiligining rivojiga zamin yaratgan
Ismoil Somoniy maqbarasi — IX asrda Buxoroda barpo etilgan me’moriy yodgorlik bo‘lib, o‘sha davrdagi me’morchilik san’ati va binokorlik texnikasining yuksak darajada rivojlanganini yaqqol namoyon etadi
Qabrxona vazifasini bajargan ushbu inshootning ichki tuzilishi bir xonali kvadrat shaklda bo‘lib, u uch bosqichli tarkibga ega: birinchi bosqich — to‘rt burchakli devorlar, ikkinchisi — devorlardan gumbazga o‘tish qismi (sakkizlik shaklida), va uchinchi bosqich — gumbaz, ya’ni tom qismi. Qurilishda asosan pishgan g‘isht, tosh va yog‘ochdan foydalanilgan
Somoniylar maqbarasi o‘z tuzilishida chuqurroq kosmik tartibni ko‘rsatuvchi ko‘plab ramzlarni birlashtiradi. Asosiy motiv "kvadrat ichidagi kvadrat" bo‘lib, uni "makrokosmos va mikrokosmosning birligi" sifatida talqin qilish mumkin. Ichki kvadratdan tashqi tomonga harakat koinotning kengayishini, qarama-qarshi harakat esa ichki va ruhiy yo‘lni anglatadi
Maqbara 10 metrli kvadrat shaklda bo‘lib, jami to‘rt tomoni ham ochiq. Har burchakda 3/4 shaklidagi kolonnalar va 10 tadan arka bilan bezatilgan ajurli arkadalar mavjud
Ba’zi manbalarga ko‘ra, Somoniylar maqbarasi islomiy emas, balki avvalgi Zardushtiy ibodatxona – Quyosh ma’badi negizida qurilgan bo‘lishi mumkin. Bu nazariyaga ko‘ra, bu ma’bad keyinchalik islomiy uslubda qayta qurilgan
Ichki qismda burchaklardagi arkalar zalga sakkiz burchakli ko‘rinish beradi. Kolonnalar ustidagi friz va markaziy gumbaz maqbaraga o‘zgacha joziba baxsh etadi. Quyosh nurlariga qarab maqbaraning tashqi ko‘rinishi o‘zgarib turadi — bu uning me’moriy yechimlarining yuksak darajada ekanligidan dalolat beradi
Somoniylar hukmronlik qilgan davr — IX-X asrlarda islom dini Sirdaryo sohillariga va undan shimolda joylashgan Yettisuv hamda Sharqiy Turkiston hududlarigacha kirib bordi.