Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Qurolli kuchlari o‘tgan haftada 4 ta aholi punktini ozod qildi

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tishTrenirovka rascheta RSZO "Uragan" v zone spetsoperatsii
Trenirovka rascheta RSZO Uragan v zone spetsoperatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari uzoq masofali aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina aerodromlari, dronlar ishlab chiqarish korxonalari va xorijiy yollanmalar joylashgan joylarga zarba berdi.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari 5-11 aprel kunlari maxsus harbiy operatsiya hududida to‘rtta aholi punktini ozod qildi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.

Bular Kursk viloyatidagi Guyevo, Sumi viloyatidagi Basovka va Juravka aholi punktlari, shuningdek, Donesk Xalq Respublikasidagi Katerinovka aholi punkti.

Shuningdek, o‘tgan hafta davomida Rossiya havo va dengiz orqali uzoq masofali yuqori aniqlikdagi qurollar bilan 8 ta guruhli zarbalar berdi. Zarbalar harbiy aerodromlar va harbiy-sanoat korxonalari infratuzilmasi, uchuvchisiz apparatlar yig‘ish va saqlash maydonchalari, qurol-yarog‘ omborlari, shuningdek, Ukraina Qurolli tuzilmalari va chet ellik yollanma askarlarni vaqtincha joylashtirish joylariga berildi.
Ukraina yo‘qotishlari
O‘tgan hafta davomida Ukraina Qurolli kuchlari jami 8,5 mingga yaqin askar (yaralangan va qurbon bo‘lganlar), 1200 ta dron, 27ta JDAM boshqariluvchi aviatsiya bombasi, HIMARS tizimining 19 ta raketasi, 9ta tank, 10ta BTR, 108 ta jangovar mashina, va 116 ta dala artilleriya qurollari, 25 ta radioelektron kurash vositalari, 23 ta dala omborini yo‘qotdi.
Energetika obyektlariga zarba bermaslik
Kiyev rejimi 18-martda Putin va Trampning energetika obyektlariga zarba bermaslik haqidagi kelishuvidan so‘ng ham Rossiya energetika infratuzilmasiga bir tomonlama hujumlarni davom ettirib kelmoqda.
O‘tgan hafta davomida Ukraina Rossiyaning Bransk viloyatidagi “Xvoshevskaya” elektr inshooti, Kursk viloyatidagi “Mokrushino” elektr inshooti, LXRdagi “Svatovskiy” tuman elektr tarmoqlari hamda “Rubejnaya” elektr kichik stansiyasiga, shuningdek, Zaporojye viloyatidagi “Pologi” kichik stansiyasiga zarba berdi.
Voyennoslujashie shturmovix podrazdeleniy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya harbiylari Sumi viloyatidagi Juravkani ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0