O‘zbekiston fuqarolarini Primorskdagi korxonaga ishga jalb qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazildi

© RIA Novosti / Maksim BlinovRabochie na odnoy iz stroyek Moskvi
Rabochie na odnoy iz stroyek Moskvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolarini bo‘sh ish o‘rinlariga qonuniy tartibda jalb qilish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
TOShKENT, 11 apr – Sputnik. O‘zbekiston bosh konsulxonasida Primorsk o‘lkasi Nadejdinskiy tumanidagi "Silbet" MChJ direktori Viktor Lvov bilan muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
Uchrashuv O‘zbekiston prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar O‘zbekiston fuqarolarini ushbu korxonadagi bo‘sh ish o‘rinlariga qonuniy tartibda jalb qilish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.
Viktor Lvovning aytishicha, hozirgi kunda korxonada turli mutaxassisliklar bo‘yicha 250 ta bo‘sh ishchi o‘rni mavjud.
"Ushbu bo‘sh o‘rinlarga O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilishga tayyormiz", - dedi u.
Uchrashuv yakunida "Silbet" korxonasi va O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari o‘rtasida migrantlarni ishga jalb etish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida kelishib olindi.
Delegatsiya Primorskogo kraya nachala rabochuyu poyezdku v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2025
Primorsk korxonalari vakillari mutaxassislarni ishga jalb etish uchun O‘zbekistonga keldi
Yangiliklar lentasi
0