Moskva sanoat kompaniyalari O‘zbekistonda o‘z salohiyatini namoyish etadi

© press-slujba departamenta investitsionnoy i promishlennoy politiki pravitelstva MoskviKompanii Moskvi predstavat promishlenniy potensial stolisi na vistavke v Uzbekistane
Kompanii Moskvi predstavat promishlenniy potensial stolisi na vistavke v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya poytaxti Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor bermoqda.
Moskva 28-30 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “INNOPROM.Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida poytaxt sanoat korxonalari yutuqlarni namoyish etadi, dedi Moskva shahar hokimining transport va sanoat bo‘yicha o‘rinbosari Maksim Liksutov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ko‘rgazmada turli xil mahsulotlar taqdim etiladi: telemonitoring uchun mo‘ljallangan eng yangi robotlardan tortib, elektr quvvatlash stansiyalarigacha.
"Moskva meri Sergey Sobanin topshirig‘iga ko‘ra, shahar Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. 2024-yil oxiriga kelib Moskvada ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarini Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga yetkazib berish 18 foizga oshdi. Poytaxt korxonalarining yirik sanoat ko‘rgazmalarida ishtirok etishi — Moskva eksport salohiyatini rivojlantirishning ajralmas qismidir. Moskva hukumatining "INNOPROM. Markaziy Osiyo" ko‘rgazmasida mashinasozlik, asbobsozlik, elektrotexnika va boshqa yuqori texnologiyali sohalarda innovatsion yechimlarni namoyish etuvchi 15 ta kompaniya taqdim etadi”, — dedi Maksim Liksutov.
Ko‘rgazmada ishtirok etayotgan korxonalar orasida innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratayotgan poytaxtning sanoat yetakchilari ham bor.
"Poytaxt mahsulotlarini tashqi bozorlarda ilgari surish maqsadida 2019-yilda "Mosprom" eksport, sanoat va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi tashkil etildi. Bayer dasturlari - an’anaviy ravishda qo‘llab-quvvatlashning eng keng tarqalgan vositalaridan biri hisoblanadi. Bu Moskva kompaniyalariga xalqaro sanoat ko‘rgazmalari va biznes-missiyalarida ishtirok etish imkonini beradi. Ko‘rgazmalarda ular uchun ixtisoslashtirilgan B2B va B2G uchrashuvlari tashkil etiladi. 2025-yil davomida poytaxt sanoatchilari uchun 30 ta dan ortiq ana shunday tadbirlar tashkil qilish rejalashtirilgan", - dedi Moskva hukumati vaziri va Moskva investitsiya va sanoat siyosati departamenti rahbari Anatoliy Garbuzov.
“Moskva Texnopolis” maxsus iqtisodiy zonasining (MIZ) sarmoyaviy salohiyati taqdimotiga alohida e’tibor qaratiladi. Dastur doirasida MIZ vakillari yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning o‘ziga xos shartlari: imtiyozli soliq rejimi, bojxona imtiyozlari, tayyor muhandislik infratuzilmasi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida batafsil aytib beradilar.
Mikroelektronika, asbobsozlik va farmatsevtika kabi ustuvor yo‘nalishlarda xorijiy hamkorlar bilan hamkorlik qilish istiqbollariga alohida e’tibor qaratiladi. Tashrif buyuruvchilar rezidentlarning amaldagi loyihalari, bo‘sh ishlab chiqarish maydonlari va MIZ tomonidan Markaziy Osiyo kompaniyalari uchun ochilayotgan yangi investitsiya imkoniyatlari bilan tanishishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0