Moskvada “Yevroosiyo – an’anaviy qadriyatlar hududi” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi

© Sputnik/Anna JelixovskayaV Moskve proxodit mejdunarodniy forum "Yevraziya – territoriya traditsionnix sennostey"
V Moskve proxodit mejdunarodniy forum Yevraziya – territoriya traditsionnix sennostey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Forumning maqsadi YeOII mamlakatlari uchun yagona Yevroosiyo platformasini yaratish rejasini ishlab chiqish va Yevroosiyo xalqlarining milliy o‘ziga xosligi, madaniy kodi va an’anaviy qadriyatlarini saqlash masalalarini muhokama qilishdan iborat.
TOShKENT, 11 apr – Sputnik. Moskvada “Yevroosiyo – an’anaviy qadriyatlar hududi” xalqaro jamoatchilik va biznes forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Muloqotga hukumat vakillari, vazirlar, biznes, ta’lim, madaniyat, media, jamoat tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, 600 nafardan ortiq ekspertlar taklif etilgan. Ularning yarmi xorijiy davlatlar, jumladan, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Abxaziya, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Moldova, Tojikiston, Serbiya va boshqa davlatlar vakillaridir.

Forumning maqsadi YeOII mamlakatlari uchun yagona Yevroosiyo platformasini yaratish rejasini ishlab chiqish va Yevroosiyo xalqlarining milliy o‘ziga xosligi, madaniy kodi va an’anaviy qadriyatlarini saqlash masalalarini muhokama qilishdan iborat.
Dasturda “Yevroosiyo – an’anaviy qadriyatlar hududi” panel sessiyasi va turli mavzular bo‘yicha oltita ekspert sessiyasi mavjud.
Muhokamalarda jamoat diplomatiyasi va integratsiyaning samarali vositalaridan biri sifatida ko‘ngillilar harakatini rivojlantirish muhimligi haqida so‘z yuritildi.
Rossiya Davlat dumasining Yoshlar siyosati qo‘mitasi raisi, Dobro.rf uyushmasi kengashi raisi Artom Metelev MDH va BRIKS mamlakatlari notijorat tashkilotlari xalqaro assotsiatsiyasi tashkil etilishini e’lon qildi.
U ko‘ngillilik va fuqarolik tashabbuslari sohasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun mo‘ljallangan.
“Biz onlayn kurslar, bilimlar bazasi va qo‘shma tashabbuslar bo‘ladigan o‘zaro hamkorlik uchun raqamli maydonni loyihalashtirmoqdamiz. Yil oxiriga kelib bizning mahsulotimiz ingliz tilida sotuvga chiqariladi — bu xalqaro hamkorlikka yo‘l ochadi”, - dedi Metelev “Xalqaro hamkorlikda notijorat sektorining roli: tajriba, muammolar, istiqbollar” sessiyasida.
Shuningdek, u turli mamlakatlardan notijorat tashkilotlari va ko‘ngillilarni birlashtirish muhimligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun: “Yevroosiyo” ANT o‘tgan yilning aprel oyida ish boshlagan. Tashkilot shu vaqt ichida 20 mingdan ortiq turli kasb, millat va madaniyat vakillarini birlashtirib, an’anaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, tarixiy haqiqatni mustahkamlash va Yevroosiyo hamdo‘stligini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyihalarni ham amalga oshirdi.
Yangiliklar lentasi
0