Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Barcha respublikalar YeOIIga a’zo bo‘lsa, MDH o‘z-o‘zidan yo‘qoladi — Lukashenko

© Sputnik / Aleksandr Kazakov / Mediabankka o‘tishXVI sammit BRIKS. Plenarnoe zasedanie XVI sammita BRIKS v formate "autrich" / "BRIKS plyus"
XVI sammit BRIKS. Plenarnoe zasedanie XVI sammita BRIKS  v formate autrich / BRIKS plyus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2025
Obuna bo‘lish
Sanksiyalardan so‘ng Ozarbayjon, O‘zbekiston va Tojikiston YeOIIga yaqinroqdan qaray boshladi — Lukashenko.
TOShKENT, 11 apr – Sputnik. Minsk va Moskvaga qarshi G‘arb sanksiyalaridan so‘ng, MDHning ayrim davlatlari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) diqqat bilan qaray boshladi, dedi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko "Mir" teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida.
"YeOII — ittifoqchiliknining yuqori shakli, MDHda integratsiya darajasi kamroq. Hozircha ma’lum qarama-qarshiliklar mavjud, ammo Rossiya va Belarusga qarshi sanksiyalar kirtilganidan so‘ng Ozarbayjon, O‘zbekiston va Tojikiston bizga yaqinlashib qoldi. Ular YeOIIga diqqat bilan qarashmoqda. Hozircha ularni to‘xtatib turgan ayrim narsalar bor. Ushbu respublikalar ham YeOIIga kirishi uchun biz ularni olib tashlashimiz kerak”, - dedi Lukashenko.
Belarus prezidentining fikriga ko‘ra, agar ushbu respublikalar ham YeOIIga qo‘shilsa, MDH tabiiy ravishda bekor bo‘ladi. Chunki barcha respublikalar munosabatlari yanada yuqori darajaga ko‘tariladi.
"Juda muhim omil: biz hali ham hammamiz bir tilda gaplashamiz. Biz gaplashadigan rus tili bor. Va bu ajoyib narsa, bizga tarjimonlar kerak emas", - dedi Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu birlik saqlanib qolgani katta yutuq va bu o‘z bozorini saqlab qolish uchun muhim. Lukashenko "o‘z bozorimizni saqlab qolish" zarurligini ta’kidlab, sa’y-harakatlarni birlashtirish va birgalikda rivojlanishga, boshqa bozorlarni "o‘zlashtirishga", boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilishga va “bu yerda (YeOII va MDH hududida – tahr.) foydasiz raqobat qilmaslikka” chaqirdi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Vneshnetorgoviy oborot Uzbekistana so stranami YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2025
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi
Yangiliklar lentasi
0