https://oz.sputniknews.uz/20250410/storitelling-toshkent-sputnikpro-mahorat-darsi-48825336.html
Storitellingni qanday yozish kerak: Toshkentda SputnikPRO mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
Storitellingni qanday yozish kerak: Toshkentda SputnikPRO mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbir SputnikPRO loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzachi sifatida “Rossiya segodnya” mediaguruhining Yangi media direksiyasi direktori o‘rinbosari Artom Buftak nutq so‘zladi. U storitelling hikoyalar qanday yaratilishi, bu janr qayerda qo‘llanilishi, uning boshqalardan nimasi bilan farq qilishi, matnda kinodan olingan qanday usullardan foydalanish mumkinligi haqida gapirdi. Ishtirokchilar – fakultet talabalari va o‘qituvchilari.
2025-04-10T18:50+0500
2025-04-10T18:50+0500
2025-04-10T19:05+0500
video
multimedia
sputnikpro
toshkent
talabalar
o‘qituvchilar
ta’lim
oav
"rossiya segodnya"
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0a/48823315_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_2e6c1a65c3b742ec0e3cb27149b8aef4.jpg
Tadbir SputnikPRO loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzachi sifatida “Rossiya segodnya” mediaguruhining Yangi media direksiyasi direktori o‘rinbosari Artom Buftak nutq so‘zladi. U storitelling hikoyalar qanday yaratilishi, bu janr qayerda qo‘llanilishi, uning boshqalardan nimasi bilan farq qilishi, matnda kinodan olingan qanday usullardan foydalanish mumkinligi haqida gapirdi. Ishtirokchilar – fakultet talabalari va o‘qituvchilari.Buftakning so‘zlariga ko‘ra, asosiysi matn nima haqida ekanligini aniq tushunishdir.Ma’ruzachi, shuningdek, xronologiyaga rioya qilish muhimligini ta’kidladi.Shuningdek, u tuzilmaning ahamiyatini eslatdi.Buftak hikoyada muammo bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qildi.U, shuningdek, odatiy xatoni tushuntirdi: "nima bo‘ldi" va "nima uchun" savollariga shunchaki faktlar bilan javob berish.Ma’ruzachi materialning qiymati haqida ham eslatib o‘tdi.Tadbir savol-javob bilan yakunlanib, talabalarga amaliy maslahat va tavsiyalar berildi.Ma’lumot uchun: SputnikPRO – Sputnik agentligi tashabbusi bilan OAV sohasidagi xalqaro ta’lim loyihasi. Bu jurnalistlar, matbuot kotiblari, blogerlar va oliy o‘quv yurtlarining ixtisoslashtirilgan bo‘limlarining yuqori kurs talabalari uchun eng yaxshi rus va xorijiy OAV menejerlari, ekspertlari va agentlikning yetakchi mutaxassislari tomonidan noyob seminarlar, ma’ruzalar va mahorat darslari tizimidir.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0a/48823315_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_15f8e25e28cbcb6f7027faa3a1842feb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
storitelling toshkent sputnikpro mahorat darsi
storitelling toshkent sputnikpro mahorat darsi
Storitellingni qanday yozish kerak: Toshkentda SputnikPRO mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
18:50 10.04.2025 (yangilandi: 19:05 10.04.2025) Eksklyuziv
Toshkentda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetida “Storitelling: hamma ulashuvchi hikoyani qanday yozish kerak” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir SputnikPRO loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzachi sifatida “Rossiya segodnya” mediaguruhining Yangi media direksiyasi direktori o‘rinbosari Artom Buftak nutq so‘zladi. U storitelling hikoyalar qanday yaratilishi, bu janr qayerda qo‘llanilishi, uning boshqalardan nimasi bilan farq qilishi, matnda kinodan olingan qanday usullardan foydalanish mumkinligi haqida gapirdi. Ishtirokchilar – fakultet talabalari va o‘qituvchilari.
Buftakning so‘zlariga ko‘ra, asosiysi matn nima haqida ekanligini aniq tushunishdir.
"O‘tirib, hikoya mohiyatini qisqacha shakllantirish kerak. Ish bermayotgan bo‘lsa, qayerdadir xatoga yo‘l qo‘ygansiz", – deya ta’kidladi u.
Ma’ruzachi, shuningdek, xronologiyaga rioya qilish muhimligini ta’kidladi.
"Fleshbeklar matnni buzadi. Kinoda bu usul mumkin, chunki unda vizual mavjud. Matnda o‘quvchi shunchaki matnni o‘qishni to‘xtatishi mumkin. Tartib bilan yozing – shunda uni oxirigacha o‘qilishi imkoniyati yuqori bo‘ladi", - dedi ekspert.
Shuningdek, u tuzilmaning ahamiyatini eslatdi.
"Usiz matn noqulay bo‘ladi. Uch aktli sxemani oling: kirish, konflikt, yechim. Agar unga amal qilsangiz, xato qilish qiyin bo‘ladi", - dedi ma’ruzachi.
Buftak hikoyada muammo bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
"Muammosiz hikoyani o‘qish qiziq emas. Agar bu uydirma hikoya bo‘lsa, muammoni o‘ylab topish mumkin, agar u haqiqat bo‘lsa, muammo o‘rnini ta’kidlab ko‘rsatish zarur", - deydi u.
U, shuningdek, odatiy xatoni tushuntirdi: "nima bo‘ldi" va "nima uchun" savollariga shunchaki faktlar bilan javob berish.
"Faktlar – bu “nima, qayerda, qachon”. Ammo "nima uchun" – o‘z tarixiga ega. Nega aynan shu inson bilan, nega aynan hozir? Ushbu savollarga javob berish orqali siz sujetni shakllantirasiz. Hikoya vakuumda bo‘lishi mumkin emas – unga "bezaklar" kerak", - deya tushuntirdi Buftak.
Ma’ruzachi materialning qiymati haqida ham eslatib o‘tdi.
"Muallif o‘z hikoyasi nima uchun muhimligini ko‘rsatishi kerak. Agar uch aktli tuzilma bilan ishlayotgan bo‘linsa, muammoni, oqibatlarini va ta’sirini ko‘rsatish kerak. Ammo agar sxemadan chetga chiqish vaqti kelganini his qilsangiz, qo‘rqmang", - dedi "Rossiya segodnya" mutaxassisi.
Tadbir savol-javob bilan yakunlanib, talabalarga amaliy maslahat va tavsiyalar berildi.
Ma’lumot uchun: SputnikPRO – Sputnik agentligi tashabbusi bilan OAV sohasidagi xalqaro ta’lim loyihasi. Bu jurnalistlar, matbuot kotiblari, blogerlar va oliy o‘quv yurtlarining ixtisoslashtirilgan bo‘limlarining yuqori kurs talabalari uchun eng yaxshi rus va xorijiy OAV menejerlari, ekspertlari va agentlikning yetakchi mutaxassislari tomonidan noyob seminarlar, ma’ruzalar va mahorat darslari tizimidir.