Endi har oyning bir shanba-yakshanbasi “oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” bo‘ladi
09:59 10.04.2025 (yangilandi: 10:18 10.04.2025)
© Sputnik / Baxrom XatamovPalomnicheskiy tur "Sem Pirov Buxari"

© Sputnik / Baxrom Xatamov
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarning turizm salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
TOShKENT, 10 apr – Sputnik. O‘zbekistonda endi har oyning bir shanba-yakshanbasi “oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni”, deb e’lon qilinadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-aprel kuni hududlarning turizm salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVideoselektornoe soveshanie pod predsedatelstvom Prezidenta po turizmu i investitsiyam

Videoselektornoe soveshanie pod predsedatelstvom Prezidenta po turizmu i investitsiyam
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Yig‘ilishda joylardagi imkoniyatlarni yuzaga chiqarib, turizm yo‘nalishlarini ko‘paytirish, sayyohlarga sharoitlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Mutasaddilarga 36 ta tuman va shaharni etno, gastronomik, tibbiy, ekstremal, madaniy-tarixiy, ziyorat, qishki va agroturizm asosida rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.
Sohadagi salohiyatli bozorlardan sayyohlarni jalb qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Ayni paytda Milliy turizm yagona platformasi ishlab chiqilmoqda. Endi unga elektron viza berish, chipta olish jarayonlari ham ulanadi. Shuningdek, barcha tarixiy obidalarga kirish imkonini beradigan “yagona turistik karta” joriy qilinadi. Yoshlar o‘rtasidagi musobaqa g‘oliblariga O‘zbekiston bo‘ylab sayohat yo‘llanmasi sovg‘a qilinadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVideoselektornoe soveshanie pod predsedatelstvom Prezidenta po turizmu i investitsiyam

Videoselektornoe soveshanie pod predsedatelstvom Prezidenta po turizmu i investitsiyam
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shuningdek, madaniy meros obyektlarini ijaraga berishni takomillashtirish, ularga tushumlarni raqamlashtirish vazifalari ko‘rsatib o‘tildi.
Ta’kidlanishicha, turizm bo‘yicha oliy ta’lim muddati 4-yildan 3-yilga kamaytirilib, dual tizimga o‘tkazildi. Endi buning davomi sifatida, talabalarni amaliyot va ishlash uchun xorijga yuborish yaxshi samara beradi. Umuman, bunday imkoniyatlar evaziga bu yil 15 million turistni jalb qilish va eksportni 4 milliard dollarga yetkazish mumkinligi qayd etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVideoselektornoe soveshanie pod predsedatelstvom Prezidenta po turizmu i investitsiyam

Videoselektornoe soveshanie pod predsedatelstvom Prezidenta po turizmu i investitsiyam
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Yig‘ilish kun tartibidagi ikkinchi masala – xorijiy davlatlar bilan hamkorlikdagi investitsiyaviy loyihalar tahlili bo‘ldi.
O‘zbekistonda 2025-yilda 42 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etish ko‘zda tutilgan. 81 ta yirik, 8 mingdan ortiq o‘rta va kichik loyiha amalga oshirilishi, donor tashkilotlardan 2 milliard dollar grant hamda banklar tomonidan 6 milliard dollar jalb qilinishi belgilangan. Yig‘ilishda bu boradagi imkoniyatlar hududlar va hamkor mamlakatlar kesimida tahlil qilindi.
Yig‘ilishda bundan keyin tayyor loyihaga o‘zgartirish kiritish faqat Hukumat doirasida ko‘rib chiqilishi, qo‘shimcha ishlar loyiha tugagach, tejalgan mablag‘ hisobidan bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi.
Qayd etilishicha, hozirda xalqaro moliya tashkilotlari bilan energetika, transport, agrar, kommunal va ijtimoiy sohalarda 20 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Chet ellik sheriklar mamlakatdagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVideoselektornoe soveshanie pod predsedatelstvom Prezidenta po turizmu i investitsiyam

Videoselektornoe soveshanie pod predsedatelstvom Prezidenta po turizmu i investitsiyam
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jumladan, o‘tgan oylarda Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Fransiya rivojlanish agentligi, Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakillari Qoraqalpog‘iston, Andijon, Jizzax, Surxondaryo va Sirdaryoga borib, 200 ga yaqin tadbirkor bilan ishladi. Qisqa vaqt ichida 1,5 milliard dollarlik loyihalarni moliyalashtirishga kelishildi.
Bosh vazir o‘rinbosariga bu amaliyotni tizimga aylantirib, boshqa hududlarda ham yana kamida 3 milliard dollarlik loyihalar shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan vazirlar, hokimlar, xorijiy davlatlardagi elchilar va sohadagi tadbirkorlarning takliflari eshitildi.