Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

MDH Parlamentlararo Assambleyasining O‘zbekiston bilan hamkorligi qanday rivojlanmoqda

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
17-18 aprel kunlari Parlamentlararo Assambleyada Parlamentlararo Assambleya kengashining yig‘ilishlari hamda G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.
MDH davlatlarida tadbirlarning asosiy qismi G‘alabaning 80-yilligi shafeligi ostida o‘tadi, dedi MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi bosh kotibi Dmitriy Kobiskiy Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda.
“O‘z uyi va shaharlarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan kishilarni evakuatsiya qilgan Markaziy Osiyo davlatlariga katta rahmat. Shaxsan men O‘zbekistonga, xususan, Samarqandga buvimni qutqargani uchun katta rahmat aytaman. Mening buvim, otamning onasi evakuatsiya qilingan. U qutqarilib qolingani uchun endi O‘zbekistonga tashrif buyurish imkoniyatiga egaman”, - deya qo‘shimcha qildi Kotibiyat rahbari.
U 2025-yil davlat rahbarlari tomonidan Buyuk G‘alaba va natsizmga qarshi kurashda birdamlik yili deb e’lon qilinganini qayd etdi.

“Biz bu mavzuni yil davomida rivojlantiramiz. 17-18 aprel kunlari Parlamentlararo Assambleyada Parlamentlararo Assambleya kengashining yig‘ilishlari hamda G‘alabamizning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. MDH davlatlaridan kelgan barcha ma’ruzachilar so‘zga chiqib, biz bu urush xotirasini qanday saqlab qolganimiz, Sovet Ittifoqi yagona davlat bo‘lgan davrda mamlakatlarimiz yo‘qotishlari haqida gapirib berishadi. Bu bizning umumiy mamlakatimiz edi va yo‘qotishlar 27 mln kishini tashkil qilgan. Bu — G‘alaba qurboni bo‘lgan insonlar. Aytishim mumkinki, G‘alaba nafaqat frontda, balki front ortida ham bo‘lgan”, - dedi Kobiskiy.

Batafsil videoda ko‘ring.
Yangiliklar lentasi
0