https://oz.sputniknews.uz/20250409/elektr-arzonroq-meyor-48786826.html
Elektr uchun arzonroq meyor joriy etildi — batafsil
Elektr uchun arzonroq meyor joriy etildi — batafsil
Sputnik O‘zbekiston
"Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025 yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqidagi" hukumat qarori qabul qilindi. 201 kVt·soatdan 1000 kVt·soatgacha bo‘lgan differensiallashgan tarif bo‘yicha iste’mol miqdori orasiga yangi miqdor kiritildi. Ya’ni 2025-yil 1-maydan iste’molchilar 201 kVt·soatdan 500 kVt·soatgacha bo‘lgan yangi miqdor oralig‘ida har bir kilovatt·soat uchun 800 so‘mdan to‘laydi.
2025-04-09T11:05+0500
2025-04-09T11:05+0500
2025-04-09T11:05+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qaror
elektr energiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1c/39393926_100:808:2048:1904_1920x0_80_0_0_e0fa96a6cc6df147cd62afed5070284a.jpg
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. 2025-yil 1-maydan iste’molchilar 201 kVt·soatdan 500 kVt·soatgacha bo‘lgan yangi miqdor oralig‘ida har bir kilovatt·soat uchun 800 so‘mdan to‘laydi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi."Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025 yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqidagi" hukumat qarori qabul qilindi.Unga ko‘ra, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining oshishi muddati 1-apreldan 1-mayga ko‘chirildi.Avvalgi tartibga ko‘ra, 201 kVt·soatdan 1000 kVt·soatgacha bo‘lgan qismi uchun 900 so‘mdan haq to‘langan.Misol uchun, bir oyda o‘rtacha 500 kVt·soat miqdorida elektr energiyasi sarflaydigan xonadon vakillari buning uchun 2025-yil 1-maygacha 360 ming so‘m to‘lashgan (200 kVt·soat bazaviy norma uchun 90 ming so‘m, 201 kVt·soatdan 500 kVt·soat uchun 270 ming so‘m).Tarif o‘zgarishlaridan so‘ng bir oyda o‘rtacha 500 kVt·soat tok ishlatadigan xonadon buning uchun 360 ming so‘m to‘laydi (200 kVt·soat bazaviy norma uchun 120 ming so‘m, 201 kVt·soatdan 500 kVt·soat uchun 240 ming so‘m). Ya’ni ular uchun narx oshayotgani yo‘q.Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvardan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1-maydan bir marotaba yillik inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda 10 foizdan yuqori bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilib boriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250406/kam-taminlangan-oila-elektr-gaz-tolov-davlat-kompensatsiya-48754553.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1c/39393926_312:750:2048:2052_1920x0_80_0_0_c7de5c4f84d2bcc323b16a5af1920454.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
elektr arzonroq meyor
Elektr uchun arzonroq meyor joriy etildi — batafsil
Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi.
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. 2025-yil 1-maydan iste’molchilar 201 kVt·soatdan 500 kVt·soatgacha bo‘lgan yangi miqdor oralig‘ida har bir kilovatt·soat uchun 800 so‘mdan to‘laydi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali
xabar berdi. "Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025 yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqidagi" hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarori bilan tasdiqlangan 2024-2025 yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi.
Unga ko‘ra, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining oshishi muddati 1-apreldan 1-mayga ko‘chirildi.
Shuningdek, 201 kVt·soatdan 1000 kVt·soatgacha bo‘lgan differensiallashgan tarif bo‘yicha iste’mol miqdori orasiga yangi miqdor kiritildi. Ya’ni 2025-yil 1-maydan iste’molchilar 201 kVt·soatdan 500 kVt·soatgacha bo‘lgan yangi miqdor oralig‘ida har bir kilovatt·soat uchun 800 so‘mdan to‘laydi.
Avvalgi tartibga ko‘ra, 201 kVt·soatdan 1000 kVt·soatgacha bo‘lgan qismi uchun 900 so‘mdan haq to‘langan.
Misol uchun, bir oyda o‘rtacha 500 kVt·soat miqdorida elektr energiyasi sarflaydigan xonadon vakillari buning uchun 2025-yil 1-maygacha 360 ming so‘m to‘lashgan (200 kVt·soat bazaviy norma uchun 90 ming so‘m, 201 kVt·soatdan 500 kVt·soat uchun 270 ming so‘m).
Tarif o‘zgarishlaridan so‘ng bir oyda o‘rtacha 500 kVt·soat tok ishlatadigan xonadon buning uchun 360 ming so‘m to‘laydi (200 kVt·soat bazaviy norma uchun 120 ming so‘m, 201 kVt·soatdan 500 kVt·soat uchun 240 ming so‘m). Ya’ni ular uchun narx oshayotgani yo‘q.
Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvardan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1-maydan bir marotaba yillik inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda 10 foizdan yuqori bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilib boriladi.