Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQSh tomonidan harbiy yordam qisqartirildi — Ukraina QK bosh qo‘mondoni

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota artdiviziona SVO na Avdeyevskom napravlenii
Boyevaya rabota artdiviziona SVO na Avdeyevskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2025
Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni: Hozir AQSh tomonidan yordam kamaydi. Asosiy yordam esa Yevropadagi hamkorlarimizdan kelmoqda.
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy “LB.ua” nashriga bergan intervyusida AQSh tomonidan harbiy yordam qisqargani haqida ma’lum qildi.
“Hamkorlarning qo‘llab-quvvatlashi, albatta, hal qiluvchi rolni o‘ynaydi, ayniqsa, Amerika Qo‘shma Shtatlari bizga yordam berganida. Hozir AQSh tomonidan yordam kamaydi. Asosiy yordam esa Yevropadagi hamkorlarimizdan kelmoqda”, - dedi u.
Mart o‘rtalarida Vladimir Zelenskiyning idorasi rahbari o‘rinbosari Pavel Palisa Vashington Kiyevga xavfsizlik sohasida yordam ko‘rsatishni tiklaganini tasdiqlagandi.
Bundan oldin Saudiya Arabistonida AQSh va Ukraina delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng Zelenskiyning idorasi qo‘shma bayonot e’lon qildi, unda Kiyev 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘ldi. Hujjatda, shuningdek, Vashington zudlik bilan razvedka ma’lumotlarini almashishdagi pauzani bekor qilishi va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishi aytildi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Kiyevga harbiy yordamni to‘xtatish Moskva va Vashington o‘rtasidagi muzokaralar kun tartibida muhim o‘rin tutadi.
Kil Jahon iqtisodiyoti instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil fevralidan beri AQShning Ukrainaga ko‘rsatgan yordami 123 milliard dollarni tashkil qilgan.
Prezident SShA Donald Tramp i Vladimir Zelenskiy v Ovalnom kabinete Belogo doma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp Ukraina AQSh yordami bilan ham omon qolmasligini ma’lum qildi
Yangiliklar lentasi
0