Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari Kursk viloyatidagi Guyevo qishlog‘ini ozod qildi

Video Player is loading.
Hozirgi vaqt 0:00
/
Duration 0:00
Yuklash: 0%
Progress: 0%
Oqim turi LIVE
Qolgan vaqt -0:00
 
1x
Rossiyskiy flag v sentre Guyevo v Kurskoy oblasti
1:40
Obuna bo‘lish
Mart boshida Rossiya armiyasi Kursk viloyatida keng ko‘lamli hujum boshlagandi.
TOShKENT, 8 apr – Sputnik. Rossiya harbiylari Kursk viloyatida Guyevoni ozod qildi va qishloq markazida bayroq o‘rnatdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Shimol” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari tomonidan hujumkor xatti-harakatlar davomida Kursk viloyatining Guyevo aholi punkti ozod qilindi”, - deyilgan xabarda.
Mart boshida Rossiya armiyasi Kursk viloyatida keng ko‘lamli hujum boshladi va 30 tadan ziyod qishloqni, jumladan, Sudja shahrini ozod qildi.
Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov prezident Vladimir Putinga dushman askarlari o‘rab olingani va ularni yo‘q qilish operatsiyasi olib borilayotganini haqida ma’lumot berdi. Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyati chegarasiga chiqqan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi Kursk viloyatidagi janglar davomida 72 mingdan ziyod askari, 404 ta tanki va boshqa texnikalaridan ayrilgan.
Sgorevshiy broneavtomobil i tank VSU M1 Arbrams v Sudjanskom rayone Kurskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina armiyasi Kursk viloyatida NATOning 2,7 mlrd dollarlik texnikasini yo‘qotdi
Yangiliklar lentasi
0