Madaniyat, san’at, dizayn va ilm-fan Orolbo‘yi mintaqasiga qanday yordam beradi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Nukusda ikki kun davomida mintaqaviy va xalqaro ekspertlar Orolbo‘yi mintaqasini ijtimoiy va ekologik jihatdan o‘zgartirish bo‘yicha yechimlar taklif qildi.
Nukus shahrida Samarqand xalqaro iqlim forumi doirasida birinchi Orol madaniyat sammiti bo‘lib o‘tdi. Tadbir dunyoning turli davlatlaridan 50 tadan ziyod ma’ruzachini birlashtirdi.
Tadbirni O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva ochib berdi. U Orolbo‘yi mintaqasining madaniyati va o‘ziga xosligini asrab-avaylash, ana shunday og‘ir sharoitda yashayotganlarning munosib kelajagini ta’minlash uchun e’tiborni Orolbo‘yiga qaratish muhimligini ta’kidladi.
Ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev, O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova, BMT bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) ma’muri va BMTTD Yevropa va MDH bo‘yicha mintaqaviy burosi direktori yordamchisi Ivana Jivkovich hamda prezident maslahatchisi Tursinxon Xudoyberganov ham so‘zga chiqdi.
Ochilish marosimidan so‘ng sammit o‘z ishini ekspert sessiyalarida davom ettirdi.
Sammitda so‘zga chiqqanlar orasida O‘zbekiston Ekologiya vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazi direktori Baxitjon Habibullayev ham bor.

"Markazimiz 2018-yilda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ochilgan. Bizning asosiy vazifalarimiz xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ekologik muammolarni hal etish, mavjud texnologiyalarni transfer qilishdan iborat. Bugungi kunda dunyoning oltmishdan ortiq davlatida, jumladan, yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlarida hamkorlarimiz bor. Rossiya bilan ham hamkorlik qilamiz", — dedi u.

Sammit dasturi 12 ta panel muhokamasi va 3 ta asosiy nutqni o‘z ichiga olgan. Ishtirokchilar barqaror rivojlanish, san’at, dizayn va ekologiya, atrof-muhitni tiklash, ijodiy iqtisodiyot va madaniy diplomatiyani muhokama qilishdi.
Batafsil – Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0