O‘zbekistonning qator hududlari kompleks rivojlantiriladi
© SputnikGorniy kishlak Uzbekistan

© Sputnik
Obuna bo‘lish
2025 yil 1-iyulgacha hududlarning ishlab chiqilganiga 10-yildan ortiq muddat bo‘lgan bosh rejalarini 3 ta toifadagi zonalarga ajratiladi.
TOShKENT, 7 apr - Sputnik. O‘zbekistonning 16 ta shahar va tumanlari kompleks rivojlantiriladi. Prezident 1-aprel kuni tegishli qarorni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, tuman (shahar)larni jadal rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib, dastur doirasida ushbu tuman (shahar)larda yuqori iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun davlat budjetidan 1 trillion so‘m ajratildi.
Bunda quyidagi loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarini riojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
infratuzilmani rivojlantirish, “yashil” tamoyil va yondashuvlarni hamda raqamlashtirishni joriy qilish;
xizmatlar sohasini rivojlantirish, jumladan kreativ industriyalar, turizm va yo‘lbo‘yi infratuilmasi imkoniyatlarini ishga solish;
tuman (shahar)lar markazlarida aholi yashashi va tadbirkorlik faoliyati uchn qulay sharoitlar yaratish;
kasbga o‘qitish, zamonaviy yoshlar mikrohududini tashkil qilish kabi tadbirlarni amalga oshirish.
Jadal kompleks rivojlantirish belgilalangan tuman va shaharlar quyidagilar:
1.
Qo‘ng‘irot tumani;2.
Chimboy tumani;3.
Asaka tumani;4.
G‘ijduvon tumani;5.
G‘allaorol tumani;6.
Yakkabog‘ tumani;7.
Xatirchi tumani;8.
Chortoq tumani;9.
Bulung‘ur tumani;10.
Sirdaryo tumani;11.
Denov tumani;12.
Yangiyo‘l shahri;13.
Quva tumani;14.
Marg‘ilon shahri;15.
Shovot tumani;16.
Hazorasp tumani.Qarorga ko‘ra ularda:
- sanoat ishlab chiqarishi hajmi o‘rtacha 7–8 foizga, bozor xizmatlari hajmi 15–17 foizga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hajmi 4–5 foizga barqaror o‘sishi ta’minlanadi;
- ishsizlik darajasini 4–5 foizga, kambag‘allik darajasini 5–6 foizga pasaytiriladi, bunda Qo‘ng‘irot, Asaka, G‘allaorol, Denov tumanlari hamda Marg‘ilon shahri ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantiriladi.
2025 yil 1-iyulgacha tuman (shahar)larni jadal kompleks rivojlantirish dasturlari doirasidagi tuman (shahar)lar markazlarining ishlab chiqilganiga 10-yildan ortiq muddat bo‘lgan bosh rejalarini 3 ta toifadagi (renovatsiya, rekonstruksiya va konservatsiya) zonalarga ajratiladi. Soddalashtirilgan tartibda hamda aholi va tadbirkorlar takliflarini inobatga olgan holda yangilangan bosh reja loyihalari ishlan chiqiladi.
Bir hafta muddatda dastur doirasidagi tuman (shahar) hokimliklarida huquqiy eksperiment tariqasida 2026-yil 1-yanvargacha “Aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” yangicha yondashuvi asosida loyiha ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.