O‘zbekiston "Yevroosiyo" guruhining G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan bayonotini olqishlaydi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v plenarnom zasedanii 150-y yubileynoy Assamblei Mejparlamentskogo soyuza
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v plenarnom zasedanii 150-y yubileynoy Assamblei Mejparlamentskogo soyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2025
Obuna bo‘lish
Guruh a’zolari dunyo hamjamiyatiga tarixni soxtalashtirishni qoralash va bunga yo‘l qo‘ymaslik chaqirig‘i bilan murojaat qilgan.
TOShKENT, 7 apr – Sputnik. O‘zbekiston "Yevroosiyo" guruhining Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan bayonotini olqishlaydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi yalpi majlisida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

“Shu bilan birga, "Yevroosiyo" guruhining Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan bayonotini to‘la olqishlaymiz”, - dedi Mirziyoyev.

Parlamentlararo ittifoqning “Yevroosiyo” geosiyosiy guruhi Toshkentdagi ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi doirasida Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan bayonot qabul qildi.
Guruh a’zolari dunyo hamjamiyatiga tarixni soxtalashtirishni qoralash va bunga yo‘l qo‘ymaslik, millatchilik va fashistik harakatlarni oqlash va ulug‘lashga qarshi qat’iy kurashish chaqirig‘i bilan murojaat qildi.
Guruh Ulug‘ Vatan urushida natsizmga qarshi kurashganlar sharafiga o‘rnatilgan yodgorliklarni qasddan buzib tashlash va tahqirlash holatlari ko‘payganidan xavotir bildirgan. Qat’iy ravishda har qanday millat xaloskor jangchilariga o‘rnanilgan yodgorliklarni hurmat qilish va ularni yo‘q qilmaslikka chaqiradi.
Parlamentlar va parlament tashkilotlari fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimlarda faol qatnashishga hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishga chorlanadi.
Kitel s medalyami veterana Velikoy Otechestvennoy voyni  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2025
G‘alabaning 80-yilligi: O‘zbekiston Barnauldagi tadbirda ishtirok etadi
Yangiliklar lentasi
0