AQSh armiyasi qisqartirilishi mumkin — OAV

CC BY-SA 2.0 / David B. Gleason / The PentagonShtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA
Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2025
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, armiya rahbariyati shaxsiy tarkibni 90 ming harbiy xizmatchiga keng miqyosda qisqartirish imkoniyatini yashirincha ko‘rib chiqmoqda.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. AQSh armiyasi muntazam qo‘shinlarini 90 ming harbiy xizmatchiga qisqartirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Amerikaning Military.com portali ismini oshkor etmagan harbiy amaldorlarga tayanib xabar berdi.
“Armiya rahbariyati shaxsiy tarkibni 90 ming harbiy xizmatchiga keng miqyosda qisqartirish imkoniyatini yashirincha ko‘rib chiqmoqda. Bu qadam Pentagonda budjet muammolari kuchayib borayotganidan va harbiy strategiyaning Yevropa yo‘nalishi va terrorizmga qarshi kurashdan jiddiyroq chetga chiqishidan dalolat beradi”, - deyiladi materialda.
Qayd etilishicha, harbiy xizmatchilarni 420 minggacha qisqartirishdan tortib, shaxsiy tarkibni 360 ming nafargacha qisqartirishgacha bo‘lgan turli variantlar muhokama qilinmoqda. AQSh armiyasida hozirda 450 mingga yaqin harbiy xizmatchilar mavjud.
Islohotlar zaxiradagi kadrlarga yoki Milliy gvardiyaga ta’sir qilish-qilmasligi hozircha aniq emas.
Portalga ko‘ra, harbiy strateglar AQSh Quruqlik kuchlarini kelajakdagi mojarolar uchun mosroq, moslashuvchan, ixtisoslashgan vositaga aylantirish niyatida.
Avvalroq “The Washington Post” nashri xabardor manbalariga tayanib, Amerika prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Pentagonga kelgusi besh yil davomida yillik budjetni sakkiz foizga qisqartirish bo‘yicha rejalar tayyorlashni topshirganini yozgan edi.
Yangiliklar lentasi
0