Velikaya Otechestvennaya voyna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2025
Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi
2025 yilda Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi keng nishonlanadi. O‘zbekistonda bayram sharafiga yubiley medali ta’sis etildi, faxriylarning uy-joylari ta’mirlanadi, mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etadi.

Toshkentda navbatdagi “Xotira bog‘i” aksiyasi bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Tadbir doirasida RIUning Toshkent filiali bog‘ida Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari xotirasiga daraxt ekildi.
Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filialida Ulug‘ Vatan urushida G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan “Xotira bog‘i” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda G‘alaba ko‘ngillilari, talabalar va qamalda qolgan Leningrad aholisi Ulug‘ Vatan urushi qahramonlari xotirasiga hamda faxriylarga minnatdorlik belgisi sifatida mevali ko‘chatlar ekishdi.

Filial talabalari urush yillariga oid ta’sirli she’r va qo‘shiqlar ijro etib, kunni o‘zgacha xotira va hurmat muhitiga to‘ldirdi.

Tadbirda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov, Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya, universitet vakillari, ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0