“Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammitida Shavkat Mirziyoyev qanday takliflar bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana vidvinul novie initsiativi po ukrepleniyu sotrudnichestva mejdu Sentralnoy Aziyey i Yevropeyskim Soyuzom
Prezident Uzbekistana vidvinul novie initsiativi po ukrepleniyu sotrudnichestva mejdu Sentralnoy Aziyey i Yevropeyskim Soyuzom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2025
Obuna bo‘lish
So‘nggi 7-yilda MO davlatlarining YeI bilan o‘zaro tovar aylanmasi bir necha barobar o‘sib, 54 milliard yevroga yetdi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida nutq so‘zladi.
Prezident o‘z nutqida kelajakda mintaqalar orasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga aylanishi mumkin bo‘lgan sohalarni sanab o‘tdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti
Prezident Uzbekistana vidvinul novie initsiativi po ukrepleniyu sotrudnichestva mejdu Sentralnoy Aziyey i Yevropeyskim Soyuzom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2025
“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti
1.
Siyosiy muloqotni mustahkamlash maqsadida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi bilan sheriklik va hamkorlik bo‘yicha to‘laqonli Bitim imzolash.
2.
Investitsiyalar. YeI tomonidan Markaziy Osiyoning texnologik modernizatsiyasiga investitsiyalar kiritishi — hamkorlikning ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi mumkin.
3.
Mineral resurslar. Sammit davomida strategik mineral resurslar sohasida hamkorlik va investitsiyalarni chuqurlashtirish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
4.
“Toza” energiya bo‘yicha “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sherikligining yo‘lga qo‘yilishi bilan o‘zaro hamkorlikning muhim platformasi yaratilishi mumkin. O‘zbekiston ushbu bo‘yicha tegishli bitimni ratifikatsiya qildi.
5.
Inson kapitali. Markaziy Osiyo YeI bilan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-ta’lim, sun’iy intellekt, ma’lumotlar “katta bazalari”, raqamlashtirish va kosmik tadqiqotlar sohalarida hamkorlikdan manfaatdor.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev ushbu tashabbus va kelishuvlarni samarali amalga oshirish maqsadida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatida bosh vazir o‘rinbosarlari darajasida har yili uchrashuvlari o‘tkazib boriladigan Sheriklik qo‘mitasini ta’sis etishni taklif qildi.
Ma’lumot uchun, Samarqandda 3-4 aprel kunlari Shavkat Mirziyoyev raisligi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen, Qosim-Jomart Toqayev, Sadir Japarov, Emomali Rahmon, Serdar Berdimuhamedov va boshqalar ishtirok etmoqda.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti
Prezident Uzbekistana vidvinul novie initsiativi po ukrepleniyu sotrudnichestva mejdu Sentralnoy Aziyey i Yevropeyskim Soyuzom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2025
“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti
Yangiliklar lentasi
0