Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putin va Tramp yaqin vaqt ichida telefonda gaplashishi mumkin — OAV

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPutin va Tramp. Arxiv surat
Putin va Tramp. Arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2025
Obuna bo‘lish
Putin va Tramp suhbati bo‘lib o‘tishi mumkin, lekin AQShda bunga qarshilar ham ko‘p.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida yangi suhbat yaqin vaqt ichida bo‘lib o‘tishi mumkin, deb yozmoqda "Politico" nashri.

"Tomonlar "dam olish kunlaridan oldin yoki keyin darhol" gaplashishi mumkin", - deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, NBC telekanali ikki amerikalik mulozimga tayanib, AQSh prezidentining yaqin doiralari unga Ukrainada o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga rozi bo‘lmaguncha, Rossiya prezidentiga qo‘ng‘iroq qilmaslikni maslahat berishayotgani haqida xabar berdi.
Shuningdek, manbalar ayni damda ikki davlat yetakchilari o‘rtasida telefon qo‘ng‘irog‘i rejalashtirilgani yo‘qligini, biroq “Tramp kutilmaganda Putin bilan gaplashmoqchi ekanligiga qaror qilishi mumkinligi”ni aytdi.
AQSh va Rossiya prezidentlari 18-mart kuni suhbatlashgan edi. O‘shanda davlat rahbarlari Rossiya va Ukraina eneregetika obyektlariga zarba bermaslikka kelishib olishgan edi.

Ushbu kelishuvlarga qaramasdan, Kiyev rejimi Rossiyaning eneregetika obyektlariga zarba berishda davom etmoqda. Bir necha kun oldin tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh prezidenti yordamchisi Uitkoffga Ukraina 18-martdan so‘ng zarba bergan energetika obyektlari ro‘yxatini topshirgan edi.
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov pered nachalom yejegodnoy bolshoy press-konferensii prezidenta RF Vladimira Putina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2025
Putin va Tramp qachon uchrashishi mumkin — Peskov javobi
Yangiliklar lentasi
0