Amerika megafondlari Yevropani qanday qo‘lga kiritdi
19:46 04.04.2025 (yangilandi: 21:55 04.04.2025)
© AP Photo / Virginia MayoFlagi SShA i Yevrosoyuza na zdanii Yevropeyskogo parlamenta v Brussele. Arxivnoe foto

© AP Photo / Virginia Mayo
Obuna bo‘lish
Megafondlar yordamida AQSh jahon valyuta bozorida to‘liq ustunlikni qo‘lga kiritdi va tovar bozorlariga o‘z ta’sirini kuchaytirdi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. AQSh qanday qilib Yevropani sotib oldi, RIA Novostida tahliliy maqola e’lon qilindi. Quyida ushbu maqolaning qisqartirilgan tarjimasi.
Megafondlar
2008-2009 yillardagi global moliyaviy inqirozdan so‘ng AQShda megafondlar paydo bo‘ldi. Banklarda sarmoyalar uchun foiz stavka deyarli nolga teng bo‘lganligi sababli AQSh aholisi o‘z pullarini AQShdan tashqariga investitsiyalar bilan shug‘ullanadigan yaxshiroq foiz stavkalarini va’da qilgan megafondlarga kirita boshladi.
Natijada "BlackRock", "Vanguard" kabi ulkan fondlar paydo bo‘ldi va ularning aktivlari odatiydan 3 barobarga oshirib, 15,1 trillion dollarga yetdi.
Va ushbu jamg‘armalar butun dunyodagi eng yirik banklar va kompaniyalar aksiyalarining nazorat qiluvchi ulushlarini ommaviy ravishda sotib olishni boshlashdi. Aksariyat hollardan AQSh hukumati yordami bilan.
Yevropa banklari ustidan nazorat o‘rnatish
2008 yildan keyingi 10-yil davomida AQSh o‘zining megafondlari orqali Yevropa Ittifoqining eng yirik 20 ta banklarining 16tasi ustidan nazorat o‘rnatdi. Ushbu banklarning umumiy aktivlari qiymati 16,7 trln dollar bo‘lib, bu YeIning jami aktivlarning 80%ni tashkil qiladi.
Hayratlanarlisi, ushbu banklarning nazorat aksiyalari paketini sotib olish AQShga atigi 300 milliard dollarga tushgan. Chunki AQSh ularning aksiyalari narxini tushirishda barcha vositalardan foydalangan: AQSh hukumatining ulkan jarimalari (BNP Paribas, UBS, "Deutsche Bank"), turli shov-shouvli sudlar (LIBOR va "Forex") va hokazo.
Natijada AQSh jahon valyuta bozorlari ustidan ustuvor nazoratni qo‘lga kiritdi. Vaholanki, ushbu bozorda 2007-yilda 45% ulush bilan Yevropa banklari xo‘jayinlik qilayotgan edi. 2017-yilda esa valyuta almashinuv operatsiyalarining 72% - AQSh nazorati ostidagi banklar qo‘liga o‘tdi. Yevro esa jahon rezerv valyutasi bo‘lish istiqbolini abadiy yo‘qotdi.
© RIA Novosti Kak yevropeyskie banki stali amerikanskimi

Kak yevropeyskie banki stali amerikanskimi
© RIA Novosti
AQSh uchun ishlagan Germaniya kansleri
Angela Merkelning Germaniya kansleri sifatidagi 16-yillik faoliyati natijasida Germaniyaning eng yirik va 30 ta kompaniyadan 24 tasi Amerika boshqaruv nazoratiga o‘tdi, banklar va sug‘urta kompaniyalarining kapitallashuvi (aksiyalar narxi) esa 70% dan ortiq pasaydi.
Merkel qo‘llagan choralar aksariyat hollarda Germaniya iqtisodiy salohiyatini cheklash uchun amalga oshirilgan.
Germaniya o‘z farovonligining 3 ta ustunidan mahrum bo‘ldi - Rossiyaning arzon gazi, Xitoyning ulkan bozori va NATOning arzon harbiy himoyasi.
Xulosalar
Bularning barchasi Yevropada uzoq muddatli iqtisodiy pasayish bo‘lishidan dalolat beradi. Aksariyat YeI davlatlarida o‘z hukumatidan norozilik ortib bormoqda, liberal elitalar o‘rnini milliy qarashli elitalar egallash arafasida. Umuman olganda, kollektiv G‘arb Amerika vassallariga aylanmoqda.
Yevropa bu borada Amerika o‘z raqibi sifatida yo‘q qilgan Yaponiya yo‘lini takrorlamoqda. Maykl Beklining "The Foreign Affairs" jurnalida yozishicha, 1995-yilda yaponlar amerikaliklarga qaraganda o‘rtacha 50 foizga boy bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib amerikaliklar yaponlardan 140 foizga boyib ketgan.
Yevropa bu borada Amerika o‘z raqibi sifatida yo‘q qilgan Yaponiya yo‘lini takrorlamoqda. Maykl Beklining "The Foreign Affairs" jurnalida yozishicha, 1995-yilda yaponlar amerikaliklarga qaraganda o‘rtacha 50 foizga boy bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib amerikaliklar yaponlardan 140 foizga boyib ketgan.
Yevropaga ham avval moliyaviy inqiroz, keyin kovid va nihoyat Ukraina inqirozi putr yetkazdi. Amerika megafondlari esa bundan to‘liq foydalanib, Yevropaning iqtisodiy suvereniteti ustidan nazorat o‘rnatdi.
Asosiy xulosa shuki, AQSh o‘zining oldingi “globallashuv” strategiyasidan voz kechib, o‘z chegaralari hududida iqtisodiy va texnologik qudratni qayta tiklashga umid qilmoqda, deb yozadi o‘z maqolasida Rossiyaning Britaniyadagi sobiq elchisi Aleksandr Yakovenko.
Bunda, iqtisodiy vassalga aylangan Yevropa Amerikani yangi, texnologik qayta sanoatlashtirish manbai rolini o‘ynaydi. Ya’ni Yevropaning ilg‘or kompaniyalari o‘z sanoat quvvatlarini Amerikaga ko‘chiradi.