https://oz.sputniknews.uz/20250403/yonalishsiz-taksilar-huquqlar-48713763.html
Yo‘nalishsiz taksilarga bir qator huquqlar beriladi
Yo‘nalishsiz taksilarga bir qator huquqlar beriladi
Sputnik O‘zbekiston
“Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi hukumat qarori qabul qilindi.
2025-04-03T12:04+0500
2025-04-03T12:04+0500
2025-04-03T12:04+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qaror
taksi
avtomobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45571113_0:72:1348:830_1920x0_80_0_0_8f07120af5ff181d8b266cd2dd6a50d2.jpg
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekistonda yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solish takomillashtiriladi. “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi hukumat qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga quyidagi huquqlar beriladi:Bunda o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilarga litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji BHMning 3 barobari miqdorida undiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250114/ozbekiston-aerotaksi-47537007.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45571113_74:0:1274:900_1920x0_80_0_0_d63e3ff31440d5c7101f7ebe9f215cdb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yo‘nalishsiz taksilar huquqlar
yo‘nalishsiz taksilar huquqlar
Yo‘nalishsiz taksilarga bir qator huquqlar beriladi
Yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga bir qator huquqlar beriladi.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekistonda yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solish takomillashtiriladi. “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi hukumat qarori
qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga quyidagi huquqlar beriladi:
yo‘lovchilarni olish va tushirish maqsadida “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi amal qilish hududida, shu jumladan, aeroport va vokzallarga tutash hududlarda to‘xtash;
aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, avtovokzallar, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pulli to‘xtash joylariga yo‘lovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirish;
yo‘nalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yo‘lagi bo‘ylab harakatlanish.
Bundan tashqari, 2025-yil 15-apreldan 2026-yil yakunigacha eksperiment tariqasida Toshkent shahrida turlari Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, haydovchidan tashqari 4 tadan ortiq va 8 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqlarga hamda yuqori qulayliklarga ega avtotransport vositalarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Bunda o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilarga litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji BHMning 3 barobari miqdorida undiriladi.