Xitoyning g‘o‘za navlari O‘zbekistonda sinovdan o‘tkaziladi

© Unsplash / Trisha DowningSbor "belogo zolota"
Sbor belogo zolota - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Xitoy bilan hamkorlikda chidamli g‘o‘za navlarini yaratmoqchi.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy paxtachilik ilmini rivojlantirishda yangi hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi xabar berdi.
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov Xitoy Xalq Respublikasining "Xinjiang Hongtai Seed Industry Technology" kompaniyasi direktori Lu Desheng bilan uchrashdi. Unda kompaniyaning paxtachilik sohasidagi ilmiy natijalari va yutuqlari muhokama qilindi.
Quyidagilarga kelishib olindi:
kompaniyaning ko‘sak qurti, sho‘r va gerbitsidga chidamli genli g‘o‘za navlarini O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazish;
namoyish maydonchasini tashkil qilish;
sinovdan o‘tgan navni patentlash;
mahalliy iqlimga mos agrotexnika usullarini ishlab chiqish.

“Shundan so‘ng Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti hamda "Xinjiang Hongtai Seed Industry Technology" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uch tomonlama shartnoma imzolandi”, — deyiladi xabarda.

Markazning qayd etishicha, bu hamkorlik O‘zbekistonda yangi serhosil, sho‘rga, hasharotlarga va gerbitsidga chidamli g‘o‘za navlarini yaratish hamda agrotexnologiyalarni takomillashtirishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti va Xitoy Qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyasi akademiyasi o‘rtasida umumiy qiymati 10 million dollarga teng bo‘lgan bitim tuzilgan edi.
V Uzbekistane zemli posle sbora urojaya videlyayut nujdayushimsya v sospodderjke  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2025
O‘zbekiston paxta, bug‘doy, uzum va meva navlarini ko‘paytirmoqchi
Yangiliklar lentasi
0