https://oz.sputniknews.uz/20250402/senati-rais-tanzila-narbaeva-rossiya-elchi-oleg-malginov-48694744.html
Narbayeva Rossiya elchisi bilan uchrashdi
Narbayeva Rossiya elchisi bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.
2025-04-02T09:00+0500
2025-04-02T09:00+0500
2025-04-02T10:19+0500
siyosat
o‘zbekiston
rossiya
o‘zbekiston - rossiya
o‘zbekiston oliy majlisi senati
tanzila norboyeva
oleg malginov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/02/48694095_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_8045c90519454686fb1b4ef3e6e05c42.jpg
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.Aytilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadigan parlamentlararo aloqalarni faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.Shuningdek, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasiga tayyorgarlik doirasida ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Uchrashuv yakunida ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yo‘lida konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
https://oz.sputniknews.uz/20250320/elchi-oleg-malginov-rossiya-ozbekiston-rejalar-48497366.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/02/48694095_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_881ed407672615cffca61bb346b6597f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oliy majlis senati raisi tanzila narbayeva rossiya federatsiyasining o‘zbekistondagi elchisi oleg malginov
oliy majlis senati raisi tanzila narbayeva rossiya federatsiyasining o‘zbekistondagi elchisi oleg malginov
Narbayeva Rossiya elchisi bilan uchrashdi
09:00 02.04.2025 (yangilandi: 10:19 02.04.2025) Oleg Malginov: Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasida Rossiya delegatsiyasi ishtirok etadi.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi, deya xabar berdi yuqori palata
matbuot xizmati. Aytilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadigan parlamentlararo aloqalarni faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasiga tayyorgarlik doirasida ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
“Oleg Malginov Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasida Rossiya delegatsiyasining ishtirok etishini qayd etib, bu O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik mustahkamlanayotganidan dalolat berib turishini alohida ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yo‘lida konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.