Rossiya tomoni Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishidan mamnun — Putin

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidenta Vladimira Putina s glavoy MID KNR Vanom I
Vstrecha prezidenta Vladimira Putina s glavoy MID KNR Vanom I - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2025
Obuna bo‘lish
Si Szinpin 9-may kuni G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Rossiya tomoni Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishidan mamnun. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin seshanba kuni Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Moskvada rasmiy tashrif bilan bo‘lib turganXitoy tashqi ishlar vaziri Van Ibilan uchrashdi.
“Biz munosabatlarimiz, jumladan, tashqi ishlar vazirliklarining bevosita ko‘magida rivojlanayotganidan mamnun ekanimizni bildirmoqchimiz”, — dedi Putin.
Muzokaralar boshlanishidan oldin Rossiya rahbarining asosiy bayonotlari:
Rossiya va Xitoy ko‘plab xalqaro maydonlarda, jumladan, BMT, ShHT, BRIKSda birgalikda va muvaffaqiyatli ishlaydi;
Rossiya tomoni Xitoy bilan munosabatlar rivojlanib borayotganidan mamnun;
Si Szinpin 9-may kuni Rossiyada fashistik Germaniya va militaristik Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlashi kutilmoqda;
Xitoy rahbarining kelishi uchun boy dastur tayyorlanadi.
Xitoy vazirining bayonotlari:
Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik uchinchi davlatlarga qarshi qaratilmagan;
Pekin va Moskva o‘rtasidagi do‘stlik uzoq muddatli va konyunktur emas;
Si Szinpinning may oyida Moskvaga tashrifiga tayyorgarlik ishlari muvaffaqiyatli davom etmoqda, bu ikki tomonlama munosabatlar rivojiga yangi sur’at bag‘ishlaydi.
“Moskva Xitoy Xalq Respublikasi raisining may oyida Rossiya Federatsiyasiga bo‘lajak tashrifi dasturi nafaqat G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lishini kutmoqda, balki ikki tomonlama munosabatlar masalalarini ham muhokama qilish imkonini beradi”, — dedi Rossiya prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, Van I Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning taklifiga binoan Rossiyada bo‘lib turibdi.
Ministr inostrannix del KNR Van I - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2025
Rossiya-Xitoy munosabatlari boshqalarga tahdid solmaydi — Van I
Yangiliklar lentasi
0