https://oz.sputniknews.uz/20250402/migrant-bolalar-rus-tili-48700598.html
Migrant bolalar rus tilidan testlarga necha foiz to‘g‘ri javob berishi kerakligi ma’lum bo‘ldi
Migrant bolalar rus tilidan testlarga necha foiz to‘g‘ri javob berishi kerakligi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Vacheslav Volodin: migrant bolalarning rus tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha hududlar va o‘qituvchilar jamoasining fikrini bilishimiz kerak. 02.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-02T15:30+0500
2025-04-02T15:30+0500
2025-04-02T15:30+0500
migratsiya
migrantlar
maktab
o‘quvchilar
rossiya
imtihon
rus tili
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/06/15126533_0:73:3085:1808_1920x0_80_0_0_e2d161e8f350feb0ae780191e32f6add.jpg.webp
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Migrantlarning farzandlari Rossiya maktablariga qabul qilinishi uchun rus tilidan imtihonda topshiriqlarning 90 foiziga to‘g‘ri javob berishi kerak. Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.Endilikda migrantlarning farzandlarini maktablarga quyidagi hollarda qabul qilish taqiqlanadi:Rus tilini, shu jumladan, og‘zaki qismini sinovdan o‘tkazish uchun namuna materiallari har bir ta’lim darajasi uchun individual ravishda ishlab chiqiladi.Qabul uchun:Rosobrnadzorning fikriga ko‘ra, bu bolaning rus tilini bilish darajasini obyektiv baholash, shuningdek, maktab o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish, moslashish va ijtimoiylashuv imkoniyatini yaratishi kerak.
https://oz.sputniknews.uz/20241224/migrant-bolalar-rus-til-sinov-47278379.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/06/15126533_354:0:3085:2048_1920x0_80_0_0_14d4599e314c7738b3e1ec6634144adb.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar, maktab, o‘quvchilar, rossiya, imtihon, rus tili
migratsiya, migrantlar, maktab, o‘quvchilar, rossiya, imtihon, rus tili
Migrant bolalar rus tilidan testlarga necha foiz to‘g‘ri javob berishi kerakligi ma’lum bo‘ldi
Vacheslav Volodin: migrant bolalarning rus tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha hududlar va o‘qituvchilar jamoasining fikrini bilishimiz kerak.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Migrantlarning farzandlari Rossiya maktablariga qabul qilinishi uchun rus tilidan imtihonda topshiriqlarning 90 foiziga to‘g‘ri javob berishi kerak. Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin o‘zining Telegram-kanalida
ma’lum qildi. “O‘tgan yili sizning so‘rovlaringiz asosida Davlat Dumasi deputatlari migratsiya siyosatini takomillashtirishga qaratilgan 14 ta qonunni faol ishlab chiqdi va qabul qildi. Ulardan migrant bolalarni maktablarga qabul qilish shartlarini belgilovchi oxirgisi kuchga kirdi. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Rossiyada 783 593 nafar voyaga yetmagan migrantlar bor”, — deb yozadi Vacheslav Volodin.
Endilikda migrantlarning farzandlarini maktablarga quyidagi hollarda qabul qilish taqiqlanadi:
ularning mamlakat hududida mavjudligi qonuniyligini tekshirmasdan;
rus tilini yetarlicha bilmagan taqdirda.
“Ilgari biz ushbu qoidalarni qo‘llash masalalarini muhokama qildik. Rosobrnadzorning rus tili bo‘yicha imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish uchun migrantlarning farzandlari 30 foiz to‘g‘ri javob berishi kerakligi haqidagi dastlabki taklifiga rozi bo‘lmadik. U qayta ishlandi. Bugungi qaror maktabga qabul qilinish uchun 90 foiz to‘g‘ri javob berishini nazarda tutadi”, — deya aniqlik kiritdi Volodin.
Rus tilini, shu jumladan, og‘zaki qismini sinovdan o‘tkazish uchun namuna materiallari har bir ta’lim darajasi uchun individual ravishda ishlab chiqiladi.
1-sinfda 10 ta topshiriqdan 9 tasiga to‘g‘ri javob berish kerak;
2-5 sinflarda — 20 ta topshiriqdan 18 tasiga;
6-9 sinflarda — 22 ta topshiriqdan 20 tasiga;
10-11 sinflarda — 24 ta topshiriqdan 22 tasiga.
Rosobrnadzorning fikriga ko‘ra, bu bolaning rus tilini bilish darajasini obyektiv baholash, shuningdek, maktab o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish, moslashish va ijtimoiylashuv imkoniyatini yaratishi kerak.
“Biz masalani nazoratdan olib tashlamaymiz! Biz ushbu standartlarning bajarilishini tahlil qilishimiz, test topshiriqlarining mazmuni, migrant bolalarning rus tilini bilish darajasini baholash nuqtayi nazaridan ularning sifati va samaradorligi bo‘yicha hududlar va o‘qituvchilar jamoasining fikrini bilishimiz kerak”, — deya qayd etdi Vacheslav Volodin.