Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII uchun yagona raqamli makon yaratiladi

© iStock.com / gorodenkoffInjener vo vremya raboti na proizvodstve. Arxivnoe foto
Injener vo vremya raboti na proizvodstve. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2025
Obuna bo‘lish
YeIK YeOII uchun yagona raqamli makon yaratish ustida ishlamoqda.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Yevroosiyo iqtisodiy ittiqoqi (YeOII) uchun yagona raqamli makon yaratish ustida ishlamoqda. Bu haqda komissiya hay’ati raisi Baxitjan Sagintayev ma’lum qildi.
Sagintayev MDHga a’zo davlatlar xalqaro iqtisodiy forumining “Katta Yevroosiyo hamkorligi rivojlanishiga yangi turtki. Ilmiy, texnologik va innovatsion hamkorlik” yalpi majlisida ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, ilmiy, texnologik va innovatsion rivojlanish Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari iqtisodiyotini yanada yuksaltirishning samarali vositalaridan biri.
Yevroosiyo “beshligi”ga a’zo barcha davlatlar ilg‘or ilmiy va texnologik taraqqiyotni ta’minlaydigan strategik va dasturiy hujjatlarni tasdiqlashdi. Millatlararo darajada YeOIIni iqtisodiy munosabatlarning global arxitekturasiga integratsiyalash, eksportni ko‘paytirish, investitsiyalar va texnologiyalarni jalb qilish vazifalari hal etilmoqda.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi faoliyati davomida uchinchi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik to‘g‘risidagi yuzga yaqin memorandum imzolangan bo‘lib, bu tajriba almashish, jumladan, ilg‘or innovatsion ishlanmalar bo‘yicha ham imkon yaratadi.
“Iqtisodiyotning barcha sohalarida raqamli transformatsiyaning yuqori sur’atlarini hisobga olgan holda, Komissiya davlat organlari, biznes va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni soddalashtirishga qaratilgan yagona raqamli makonni yaratish bo‘yicha faol ish olib bormoqda”, — dedi YeIK Hay’ati rahbari. – Bizning vazifamiz barcha jarayonlarni tezroq, qulayroq va xavfsizroq qilishdir. Texnologik yechimlarni amalga oshirish Digital Union konsepsiyasiga asoslanadi”.
Baxitjan Sagintayev YeOII doirasida integratsiyalashgan axborot tizimining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi haqida ham gapirdi. Uning rivojlanishi besh xil tizimni bitta ekotizimda bo‘lishiga imkon beruvchi millatlararo infratuzilmani shakllantiradi.
Ayni paytda iqtisodiyotning qator tarmoqlarida raqamlashtirish jadal rivojlanmoqda. Transport sohasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar uzluksiz tashishni ta’minlaydi, Ittifoq doirasida barqaror transport-logistika tizimini yaratadi.
Energetika sohasida elektr energiyasi ishlab chiqarish strukturasini diversifikatsiya qilish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Baxitjan Sagintayevning ta’kidlashicha, innovatsiyalar va fan-texnika taraqqiyotining ilg‘or yutuqlarini jadal rivojlantirish ko‘p jihatdan har bir milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini belgilaydi. Bu vazifani amalga oshirishga, jumladan, integratsiya tuzilmalari o‘rtasidagi muloqot va samarali hamkorlik yordam beradi.
Flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeIK: YeOII raqamli bozorlardagi raqobat holati bo‘yicha qator tekshiruvlar o‘tkazdi
Yangiliklar lentasi
0