https://oz.sputniknews.uz/20250401/ozbekiston-prezident-xitoy-delegatsiya-48687248.html
O‘zbekiston prezidenti Xitoy delegatsiyasini qabul qildi — nimalar muhokama etildi?
O‘zbekiston prezidenti Xitoy delegatsiyasini qabul qildi — nimalar muhokama etildi?
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Lyu Szanchao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
2025-04-01T14:16+0500
2025-04-01T14:16+0500
2025-04-01T14:33+0500
siyosat
o‘zbekiston
xitoy
shavkat mirziyoyev
temir yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/01/48686791_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_8369849f7730fe95e0bf556486409c80.jpg
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Lyu Szanchao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Qayd etilishicha, Lyu Szanchao davlat rahbariga Xitoy raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.Quyidagilar ma’lum qilindi:Aytilishicha, parlamentlararo va partiyalararo hamkorlik, ayniqsa, kambag‘allikni qisqartirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, raqamlashtirish va sanoatlashtirishni jadallashtirish kabi sohalarda yanada kengaytirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.Oliy va professional ta’lim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, mamlakatda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish muhimligi qayd etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250325/ozbekiston-xitoy-markaziy-osiyo-zavod-48554583.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/01/48686791_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_58c2469412479d76f61ad5608f04eef1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev xitoy xalq respublikasi kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri lyu szanchao
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev xitoy xalq respublikasi kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri lyu szanchao
O‘zbekiston prezidenti Xitoy delegatsiyasini qabul qildi — nimalar muhokama etildi?
14:16 01.04.2025 (yangilandi: 14:33 01.04.2025) O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi OTM filiallari ochilishi mumkin.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Lyu Szanchao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, Lyu Szanchao davlat rahbariga Xitoy raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
"Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va amaliy sheriklikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Keyingi yillarda O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi", — deyiladi xabarda.
Quyidagilar ma’lum qilindi:
o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi barqaror oshib bormoqda;
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida yetakchi kompaniyalar ishtirokidagi qo‘shma loyiha va korxonalar soni ko‘paymoqda;
"Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston" temir yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda;
faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuv yuqori baholandi.
"Joriy yilda navbatdagi Hududlar forumi va Ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi", — deyilgan xabarda.
Aytilishicha, parlamentlararo va partiyalararo hamkorlik, ayniqsa, kambag‘allikni qisqartirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, raqamlashtirish va sanoatlashtirishni jadallashtirish kabi sohalarda yanada kengaytirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Oliy va professional ta’lim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, mamlakatda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish muhimligi qayd etildi.