Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Tramp: Zelenskiy Ukrainaning NATOga qo‘shilishi sodir bo‘lmasligini tushunadi

© AFP 2023 / OLIVIER MATTHYSPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy na zasedanii Kontaktnoy gruppi po oborone Ukraini v shtab-kvartire NATO v Brussele 11-oktabrya 2023 goda.
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy na zasedanii Kontaktnoy gruppi po oborone Ukraini v shtab-kvartire NATO v Brussele 11-oktabrya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2025
Obuna bo‘lish
Ilgari Rossiya prezidenti maxsus harbiy operatsiya boshlashning sabablaridan biri Ukrainaning NATOga qo‘shilishga intilishi bo‘lganini aytgan.
TOShKENT, 31 mar – Sputnik. Vladimir Zelenskiy Ukraina NATOga a’zo bo‘lishini istaydi, biroq bu hech qachon sodir bo‘lmasligini tushunadi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.

“U (Zelenskiy) NATO a’zosi bo‘lishni xohlaydi. Biroq u hech qachon NATOga a’zo bo‘lmaydi, u buni tushunadi”, - dedi Tramp jurnalistlarga.

Tramp fevralda Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan uchrashuvda Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi sodir bo‘lmasligini ma’lum qilgandi. Uning fikricha, agar uning o‘tmishdoshi Jo Bayden Kiyevga alyansda a’zolikni va’da qilmaganda, Ukrainadagi harbiy harakatlar boshlanmagan bo‘lardi.
Rossiya Ukrainaning NATOga qo‘shilishiga qarshi chiqmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin maxsus harbiy operatsiya boshlashning sabablaridan biri Ukrainaning NATOga qo‘shilishga intilishi bo‘lganini ta’kidlagan.
Bivshiy prezident Donald Tramp vistupayet na press-konferensii v Trump Tower - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp Ukrainaning NATOga qo‘shilish masalasi "yopiq" ekanini aytdi
Yangiliklar lentasi
0