Sud Le Penni to‘rt yil ozodlikdan mahrum qildi

© AP Photo / Daniel ColeMarin Le Pen
Marin Le Pen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2025
Obuna bo‘lish
Fransiyalik siyosatchi Yevropa parlamenti mablag‘larini o‘zlashtirganlikda aybdor deb topilgan.
TOShKENT, 31 mar – Sputnik. Parij sudi Marin Le Pen to‘rt yil ozodlikdan mahrum qildi va unga 2027-yilda bo‘lib o‘tadigan Fransiya prezidenti saylovida qatnashishni taqiqladi, deya yozadi RIA Novosti.
Aniqlik kiritilishicha, Le Pen qamoqqa jo‘natilmaydi va jazoni uyda elektron braslet bilan o‘taydi. Qolaversa, sud unga 100 ming yevro jarima to‘lash majburiyatini yuklagan.
Fransiyalik siyosatchi Yevropa parlamenti mablag‘larini o‘zlashtirganlikda aybdor deb topilgan. "Milliy birlashuv"dan Yevroparlamentga saylangan yana sakkiz nafar deputat hamda 12 nafar parlament yordamchisi ham mazkur ish yuzasidan aybdor deb topildi. Ularga hukumat organlariga saylanish taqiqlandi.
Yangiliklar lentasi
0