O‘zbekiston 300 tonnadan ortiq chiqindidan tozalandi
© Ministerstvo Ekologii Bolee 300 tonn musora sobrali v otdelnix territoriyax Uzbekistana

© Ministerstvo Ekologii
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘yicha jami 3 ming nafarga yaqin ishtirokchi 58 ta hududni chiqindidan tozaladi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekiston bo‘ylab belgilangan hududlar 300 tonnadan ortiq chiqindidan tozalandi, deya xabar berdi Ekologiya vazirligi.
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan Toshkentning “Yangi hayot” tumani, “Yangi Choshtepa” MFY hududida 30-mart - "Chiqindisiz dunyo uchun" xalqaro kuni munosabati bilan ommaviy plogging eko-aksiyasi o‘tkazildi.
Mazkur aksiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida ham tashkil etildi.
© Ministerstvo Ekologii Bolee 300 tonn musora sobrali v otdelnix territoriyax Uzbekistana

Bolee 300 tonn musora sobrali v otdelnix territoriyax Uzbekistana
© Ministerstvo Ekologii
“Chiqindi bilan ifloslanish bugungi kunda butun dunyoda dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda. Ma’lumotlarga kelib, 2050-yilga kelib 308 mlrd tonnagacha chiqindi hosil bo‘lishi taxmin qilinmoqda, shuning uchun atrof-muhitni chiqindilardan tozalash, ularni qayta ishlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratish lozim, — dedi Ekologiya vaziri o‘rinbosari Iskandar Qutbiddinov.
Ekologiya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Zarrina Abdullayevaning qayd etishicha plogging uchun aynan aholi yashaydigan hudud tanlagangani bejizga emas.
“Ushbu hududda bir nechta chiqindi qutilari bor, lekin insonlar turli plastik idishlar, qog‘ozlar va boshqa turdagi chiqindilarni duch kelgan joyga tashlab ketishgan. Mazkur aksiya orqali jamoatchilikka o‘zimiz yashaydigan hududni chiqindixonaga aylantirmaslik, atrof-muhitni ozoda saqlash kerakligini yana bir bor uqtirishga harakat qildik. Umid qilamizki, endi aholi vakillari chiqindi tashlash borasida yanada mas’uliyatliroq bo‘lishadi”, — dedi Zarrina Abdullayeva.
Chiqindilarni boshqarish agentligi direktori Sharifbek Hasanov tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, aholiga sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha qamrov darajasi 60 foizdan oshdi. Shuningdek, soha elektr energiyasi bilan biriktirildi va bu ko‘p yillardan beri ortib borayotgan debitor qarzdorlikni bartaraf etish imkonini berdi.
© Ministerstvo Ekologii Bolee 300 tonn musora sobrali v otdelnix territoriyax Uzbekistana

Bolee 300 tonn musora sobrali v otdelnix territoriyax Uzbekistana
© Ministerstvo Ekologii
“Aksiya davomida atrof-muhit jami 1 tonna 124 kg chiqindidan tozalandi. Yakunda “Tozalik posbonlari” jamoasi birinchi o‘rinni (333 kg), “Poligonchilar” jamoasi (176,55 kg) va “Tabiat muzeyi” jamoasi esa (161,5 kg) uchinchi o‘rinni egalladi”, — deyilgan xabarda.
Aksiya davomida respublika bo‘yicha jami 3 ming nafarga yaqin ishtirokchi tomonidan 58 ta hudud (150 gektarga yaqin) 349,8 tonna chiqindidan tozalandi.