Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev vmeste s shirokoy obshestvennostyu prinyal uchastie v seremonii iftara v gorode Tashkente.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev: bu muborak oyning “Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” degan g‘oya asosida o‘tkazilgani tinchlik, do‘stlik, mehr-oqibat va saxovat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
“Avvalo, siz azizlarni, butun xalqimizni ulug‘ ayyom – muborak Ramazon hayiti bilan chin yurakdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman. Ushbu saodatli damlarda bu yilgi Ramazon oyini har tomonlama munosib o‘tkazib, Iyd-al-Fitrni el-yurtimiz bilan birga mana shunday shodu xurramlikda kutib olayotganimiz uchun Yaratganga behisob shukronalar aytamiz”, — deyiladi bayram tabrigida.
Qayd etilishicha, bu muborak oyning “Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” degan g‘oya asosida o‘tkazilgani jamiyatda tinchlik, do‘stlik, mehr-oqibat va saxovat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Prezidentning qayd etishicha, mamlakatda islom sivilizatsiyasi va madaniyati asosida yaratilgan boy ilmiy-ma’naviy merosni to‘plash, o‘rganish va keng targ‘ib etishga so‘nggi yillarda ulkan e’tibor berilmoqda. Ayni shu maqsadda yangi-yangi ilmiy-ma’rifiy markazlar, diniy yo‘nalishdagi ta’lim maskanlari, qutlug‘ ziyoratgohlar barpo etilib, samarali faoliyat olib bormoqda.
“Hech shubhasiz, bularning barchasi go‘zal diyorimizda barcha soha va tarmoqlar qatori diniy-ma’rifiy hayot ham uzluksiz rivojlanishda ekanidan dalolatdir. Bu ishlarda yurtimiz mo‘min-musulmonlari, butun xalqimizning munosib hissasi borligini ta’kidlab, buning uchun barchangizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Mana shu shukuhli ayyomda chet ellarda ona yurtga sadoqat tuyg‘usi bilan yashayotgan vatandoshlarimizni ham Ramazon hayiti bilan chin dildan qutlab, ularga ezgu tilaklarimizni izhor etamiz”, — dedi prezident.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev o‘z tabrigida dunyoning uzoq-yaqin o‘lkalaridagi musulmonlarni ham tabriklab, ularning xalqlari va mamlakatlariga do‘stlik salomini yo‘lladi.