Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Rossotrudnichestvo O‘zbekistonda qanday madaniy loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda?

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Primakov Toshkentda Yesenin haykalini o‘rnatish rejalashtirilayotganini qo‘shimcha qildi.
O‘zbekistonda to‘rtta rus teatrini birlashtirgan “To‘rt yurak” teatr loyihasi kengaymoqda. Bu haqda Rossiyaning MDH ishlari, xorijda yashovchi vatandoshlar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha federal agentligi rahbari Yevgeniy Primakov Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
“Biz mintaqada teatr markazini yaratishni maqsad qilganmiz. Ko‘plab rusiyzabon o‘zbek teatrlari allaqachon Rossiyadagi teatr festivallarida ishtirok etmoqda”, - deydi u.
Bundan tashqari, bu yil Sergey Yesenin tavalludining 130-yilligi nishonlanadi. Primakov Toshkentda Yesenin haykalini o‘rnatish rejalashtirilayotganini qo‘shimcha qildi.
“Menimcha, bu faqat bizning loyihamiz emas, balki O‘zbekiston bilan qo‘shma tashabbus hamdir, chunki Sergey Aleksandrovich bu yerda bo‘lgan, toshkentliklarga o‘z she’rlarini o‘qib bergan”, - dedi Primakov.
Batafsil videoda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0