https://oz.sputniknews.uz/20250327/malayziya-ozbekiston-lokomotiv-vagon-48591299.html
Malayziya O‘zbekistonda ishdan chiqqan lokomotiv va vagonlarni ta’mirlashga yordam bermoqchi
Malayziya O‘zbekistonda ishdan chiqqan lokomotiv va vagonlarni ta’mirlashga yordam bermoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda ishdan chiqqan lokomotiv va vagonlarni ta’mirlashga yordam beradi, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
2025-03-27T12:18+0500
2025-03-27T12:18+0500
2025-03-27T12:18+0500
jamiyat
o‘zbekiston
malayziya
temir yo‘l
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/1b/48591684_0:67:1267:780_1920x0_80_0_0_0e58812aeb564c41fbf37463537fb610.png.webp
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda ishdan chiqqan lokomotiv va vagonlarni ta’mirlashga yordam beradi, deya xabar berdi “Dunyo” AA. O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev "SMH Rail" kompaniyasi raisi va boshqaruv direktori Kuppusami Narayanasami bilan uchrashdi. Unda O‘zbekistonda temir yo‘l lokomotiv va vagonlarini ta’mirlash hamda ular uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Aytilishicha, kompaniya O‘zbekistonda ishdan chiqqan lokomotiv va vagonlarni zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlash bo‘yicha hamkorlik qilmoqchi. Uchrashuvda, shuningdek, respublikada temir yo‘l sohasida ishlaydigan yosh muhandislar va bitiruvchi talabalarni kompaniyada malaka oshirish va maxsus tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. Ma’lumot uchun, Malayziyaning mazkur kompaniyasi 1999-yilda tashkil etilgan. Kompaniya faoliyati temir yo‘l lokomotivlarini va vagonlarini, ularga ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish, ishdan chiqqan lokomotiv va vagonlarni zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlashga ixtisoslashgan. Kompaniya hozir kunda 15 ta mamlakatga lokomotiv va vagonlarni yetkazib bermoqda. U Malayziyaning Selangor shtatida hamda Tanzaniyada, Tailand va Hindistondagi zavodlarga egalik qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240529/tashkent-metro-poezd-44126164.html
o‘zbekiston
malayziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/1b/48591684_68:0:1199:848_1920x0_80_0_0_81797c3c726ed552081651d4840116fd.png.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
malayziya kompaniyasi o‘zbekiston ishdan chiqqan lokomotiv va vagonlar ta’mirlash smh rail
malayziya kompaniyasi o‘zbekiston ishdan chiqqan lokomotiv va vagonlar ta’mirlash smh rail
Malayziya O‘zbekistonda ishdan chiqqan lokomotiv va vagonlarni ta’mirlashga yordam bermoqchi
Xorij kompaniyasi nafaqat lokomotiv va vagonlarni ta’mirlash, balki lokomotivlarni lizingga berishga ham tayyor.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda ishdan chiqqan lokomotiv va vagonlarni ta’mirlashga yordam beradi, deya xabar berdi
“Dunyo” AA. O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev "SMH Rail" kompaniyasi raisi va boshqaruv direktori Kuppusami Narayanasami bilan uchrashdi. Unda O‘zbekistonda temir yo‘l lokomotiv va vagonlarini ta’mirlash hamda ular uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Aytilishicha, kompaniya O‘zbekistonda ishdan chiqqan lokomotiv va vagonlarni zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlash bo‘yicha hamkorlik qilmoqchi.
“Malayziya vakili O‘zbekistonning tegishli korxonalariga, jumladan logistika markazlari va temir yo‘l yuk terminallariga lokomotivlarni uzoq muddatli lizing asosida berishga tayyorligini bildirdi”, - deyiladi xabarda.
Uchrashuvda, shuningdek, respublikada temir yo‘l sohasida ishlaydigan yosh muhandislar va bitiruvchi talabalarni kompaniyada malaka oshirish va maxsus tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, Malayziyaning mazkur kompaniyasi 1999-yilda tashkil etilgan. Kompaniya faoliyati temir yo‘l lokomotivlarini va vagonlarini, ularga ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish, ishdan chiqqan lokomotiv va vagonlarni zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlashga ixtisoslashgan. Kompaniya hozir kunda 15 ta mamlakatga lokomotiv va vagonlarni yetkazib bermoqda. U Malayziyaning Selangor shtatida hamda Tanzaniyada, Tailand va Hindistondagi zavodlarga egalik qiladi.