Rossiya va AQShning Ar-Riyoddagi muzokaralari qanday o‘tdi — Lavrov javobi

© Sputnik / Sergey Guneyev
/ Obuna bo‘lish
Rossiya TIV: Rossiya Qora dengiz tashabbusini maqbul shaklda yangilash tarafdori.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Ar-Riyoddagi muzokaralarda birinchi navbatda Qora dengizda xavfsiz yuk tashish masalalari muhokama qilindi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Birinchi kanal"ga bergan intervyusida.
“U yerda (Rossiya prezidenti Vladimir) Putin va (AQSh prezidenti Donald) Tramp o‘rtasida kelishib olinganidek, birinchi navbatda, Qora dengizda xavfsiz yuk tashish masalalari muhokama qilindi”, — dedi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Qora dengiz tashabbusini maqbul shaklda yangilash tarafdori. Rossiya “G‘arb o‘yinlari”dan jabr ko‘rayotgan Afrika, Global Janub va Sharqidagi mamlakatlarning oziq-ovqat xavfsizligidan xavotirda.
Uchrashuvda Rossiya delegatsiyasi Qora dengiz bo‘yicha yangi tashabbusda “hech qanday noaniqliklar bo‘lmasligini” so‘radi.
“Bizning pozitsiyamiz oddiy... Biz bu odamning (Vladimir Zelenskiy – tahr.) so‘zini qabul qila olmaymiz. Biz g‘alla bozori, o‘g‘itlar bozori oldindan aytib bo‘ladigan bo‘lishini istaymiz, shunda hech kim bizni bu bozordan uzoqlashtirishga harakat qilmasin, bu nafaqat adolatli raqobatda qonuniy foyda olishni, balki Afrika mamlakatlaridagi oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirdamiz”, — dedi Rossiya TIV rahbari.
Sergey Lavrov, shuningdek, quyidagilarni ma’lum qildi:
Ukrainadan Rossiya uchun kafolatlar faqat AQShning Zelenskiyga bergan buyrug‘i natijasi bo‘lishi mumkin;
AQSh Rossiyadagi terroristik hujumlar va tinch aholi manzillarini o‘qqa tutishni to‘xtatishga faqat Vashington yordam berishi mumkinligini tushunadi;
Yevropa davlatlari AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining Ukrainadagi mojaroni hal qilishning dastlabki parametrlari haqida gapirayotgan pozitsiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zid keladi;
Yevropa davlatlari bo‘lmaganida, Ukraina ancha oldin mag‘lub bo‘lgan bo‘lardi, London va Parij Kiyevni qurol-yarog‘ bilan ta’minlashdi yetakchilik qilmoqda.