https://oz.sputniknews.uz/20250325/ozbekiston-rossiya-shifokor-jarrohlik-amaliyot-48566432.html
O‘zbekistonda rossiyalik shifokorlar ishtirokida jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda
O‘zbekistonda rossiyalik shifokorlar ishtirokida jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
SSV: rossiyalik shifokorlar hamkorligida 10 ga yaqin jarrohlik amaliyotini o‘tkazish reja qilingan. 25.03.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-03-25T15:28+0500
2025-03-25T15:28+0500
2025-03-25T15:28+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
jarrohlik amaliyoti
bolalar
tibbiyot muassasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/19/48573751_0:47:922:566_1920x0_80_0_0_7a3fa3a7f7f093db0a728d0d88532906.jpg.webp
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Rossiyalik shifokorlar O‘zbekistonda tug‘ma skolioz xastaligidan aziyat chekayotgan bolalarda jarrohlik amaliyotini amalga oshirmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.Qayd etilishicha, tug‘ma skolioz umurtqa pog‘onasining yon tomonga qiyshayishi bilan bog‘liq xastalik bo‘lib, u o‘z vaqtida muolaja qilinmasa, ko‘plab og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.Ushbu masalada Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlik boshladi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Rossiyaning Ya.L.Sivyan nomidagi Novosibirsk travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi neyroortopediya bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksey Peleganchuk bilan murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan edi. Unda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidan kelgan 60 yoshli bemorda umurtqa pog‘onasida rekonstruktiv operatsiya muvaffaqiyatli bajarilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/19/48573751_53:0:869:612_1920x0_80_0_0_4e5bcb4e890de0682552e30f76baf2c5.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, jarrohlik amaliyoti , bolalar, tibbiyot muassasi
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, jarrohlik amaliyoti , bolalar, tibbiyot muassasi
O‘zbekistonda rossiyalik shifokorlar ishtirokida jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda
SSV: rossiyalik shifokorlar hamkorligida 10 ga yaqin jarrohlik amaliyotini o‘tkazish reja qilingan.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Rossiyalik shifokorlar O‘zbekistonda tug‘ma skolioz xastaligidan aziyat chekayotgan bolalarda jarrohlik amaliyotini amalga oshirmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, tug‘ma skolioz umurtqa pog‘onasining yon tomonga qiyshayishi bilan bog‘liq xastalik bo‘lib, u o‘z vaqtida muolaja qilinmasa, ko‘plab og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.
Ushbu masalada Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlik boshladi.
“Ayni chog‘da muassasada akademik Yu.E.Veltishev nomidagi Moskva pediatriya va bolalar jarrohligi ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari hamkorligida 10 ga yaqin yuqori texnologik tug‘ma skolioz va umurtqa pog‘onasi og‘ir turdagi deformatsiyasini korreksiya va stabilizatsiya qilish rejalangan bo‘lib, bu boradagi ishlar boshlab yuborildi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Rossiyaning Ya.L.Sivyan nomidagi Novosibirsk travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi neyroortopediya bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksey Peleganchuk bilan murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan edi. Unda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidan kelgan 60 yoshli bemorda umurtqa pog‘onasida rekonstruktiv operatsiya
muvaffaqiyatli bajarilgan.