O‘zbekiston Mo‘g‘uliston bilan Amir Temur va temuriylar haqida film suratga olmoqda

© Sputnik / Baxrom XatamovPamatnik Amiru Temuru
Pamatnik Amiru Temuru - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2025
Obuna bo‘lish
Filmning ayrim sahnalari Mo‘g‘ulistonda suratga olinishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekiston Mo‘g‘uliston bilan hamkorlikda Amir Temur va temuriylar haqida film suratga olmoqda, deya xabar berdi Kinematografiya agentligi axborot xizmati.
Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi elchisi Daadanxuu Batbaatar bilan uchrashdi. Unda ikki mamlakatning kino sohasidagi hamkorligini rivojlantirish, qo‘shma filmlar suratga olish hamda ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “Tirik tarix” turkum filmlar doirasida suratga olinishi rejalashtirilayotgan Amir Temur va temuriylar haqidagi filmning Mo‘g‘ulistonda tasvirga olinadigan qismlari bo‘yicha fikr almashildi.
Amir Temur shiori, qo‘shini va bog‘lari
“Mo‘g‘uliston tarixiy voqealar bilan bog‘liq muhim joylarga ega bo‘lib, ushbu filmning ayrim sahnalari aynan shu hududlarda suratga olinishi rejalashtirilmoqda”, — deya qayd etilgan xabarda.
Aytilishicha, “Tirik tarix” turkum filmlar loyihasi 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan strategik dastur bo‘lib, eng qadimgi tarixdan tortib, yaqin tarixgacha bo‘lgan muhim davrlarni qamrab oladi.
Jenshina v kino. Kamera - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2025
O‘zbekiston va Malayziya Imom Buxoriy haqida film va serial suratga oladi — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0