https://oz.sputniknews.uz/20250324/ozbekiston-tashqi-savdo-aylanma-2025-48550925.html
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgardi?
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgardi?
Sputnik O‘zbekiston
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, shu yil yanvar-fevral oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 10,8 mlrd dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning... 24.03.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-03-24T17:00+0500
2025-03-24T17:00+0500
2025-03-24T17:00+0500
infografika
o‘zbekiston
savdo
eksport
import
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/18/48550153_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_b2223ba1b32de6336ed70b64c2820255.png.webp
Demak, tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 4 643,0 mln dollarga va import hajmi 6 202,6 mln dollarga yetdi. Hisobot davrida – 1 559,6 mln dollar qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.Eksport tarkibida tovarlar ulushi 74,7 foizni tashkil etib, asosiy ulush sanoat tovarlari (12,4%), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (6,3%), kimoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (5,9%) va turli xil tayyor buyumlar (3,9%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.Hisobot oyida 192,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 58,0 ming tonnaga kamaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 175,1 mln dollar qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 16,7 foizga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 3,8 foizni tashkil etdi.Yanvar-fevral oylari yakuni bo‘yicha 403,7 mln dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, u umumiy eksportning 8,7 foizni tashkil etdi. Ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 22,4 foizga kamaydi. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (45,0%), ip kalava (35,0%) asosiy ulushni egallagan.Shuningdek, import hajmi 6 202,6 mln dollarga yetdi va 2024-yilning mos davriga nisbatan 0,6 foizga kamaydi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (36,8%), sanoat tovarlari (16,5%) hamda kimoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (12,2%) hisobiga to‘g‘ri keldi.Tovarlar importi dinamikasi tahliliga ko‘ra, import qilingan tovarlar hajmi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 240,8 mln dollarga kamaydi va 5 541,8 mln dollarni tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 660,8 mln dollarga yetdi.Xizmatlar importi tarkibining asosiy ulushi boshqa safarlar (turizm xizmatlari) (60,3%), transport xizmatlari (19,5%), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari (8,5%) va boshqa tadbirkorlik bilan bog‘liq xizmatlar (5,9%)ga tegishli bo‘ldi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/18/48550153_161:0:1121:720_1920x0_80_0_0_ffdc12e95824efda16ceb045d15d6282.png.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
infografika, o‘zbekiston, savdo, eksport, import, infografika
infografika, o‘zbekiston, savdo, eksport, import, infografika
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgardi?
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, shu yil yanvar-fevral oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 10,8 mlrd dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 973,3 mln dollarga ko‘p.
Demak, tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 4 643,0 mln dollarga va import hajmi 6 202,6 mln dollarga yetdi. Hisobot davrida – 1 559,6 mln dollar qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.
Eksport tarkibida tovarlar ulushi 74,7 foizni tashkil etib, asosiy ulush sanoat tovarlari (12,4%), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (6,3%), kimoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (5,9%) va turli xil tayyor buyumlar (3,9%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Hisobot oyida 192,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 58,0 ming tonnaga kamaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 175,1 mln dollar qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 16,7 foizga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 3,8 foizni tashkil etdi.
Yanvar-fevral oylari yakuni bo‘yicha 403,7 mln dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, u umumiy eksportning 8,7 foizni tashkil etdi. Ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 22,4 foizga kamaydi. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (45,0%), ip kalava (35,0%) asosiy ulushni egallagan.
Shuningdek, import hajmi 6 202,6 mln dollarga yetdi va 2024-yilning mos davriga nisbatan 0,6 foizga kamaydi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (36,8%), sanoat tovarlari (16,5%) hamda kimoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (12,2%) hisobiga to‘g‘ri keldi.
Tovarlar importi dinamikasi tahliliga ko‘ra, import qilingan tovarlar hajmi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 240,8 mln dollarga kamaydi va 5 541,8 mln dollarni tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 660,8 mln dollarga yetdi.
Xizmatlar importi tarkibining asosiy ulushi boshqa safarlar (turizm xizmatlari) (60,3%), transport xizmatlari (19,5%), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari (8,5%) va boshqa tadbirkorlik bilan bog‘liq xizmatlar (5,9%)ga tegishli bo‘ldi.