Chiroqlarni o‘chiring: Ekologiya vazirligi 1 soatga elektrdan foydalanmaslikni so‘radi

© Ministerstvo energetiki respubliki UzbekistanABR pomojet sifrovizirovat sistemu raspredeleniya elektroenergii v Uzbekistane.
ABR pomojet sifrovizirovat sistemu raspredeleniya elektroenergii v Uzbekistane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2025
Obuna bo‘lish
Aksiya doirasida barcha davlat tashkilotlarida elektr energiyasi bir soatga o‘chiriladi.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Ertaga O‘zbekistonda Yer vaqti kuniga bag‘ishlab maxsus aksiya o‘tkaziladi, deya xabar berdi Ekologiya vazirligi matbuot xizmati.
“Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan yurtimizda 25-mart — “Yer vaqti” kuniga bag‘ishlab maxsus aksiya o‘tkaziladi. Aksiya doirasida barcha davlat tashkilotlarida elektr energiyasi bir soatga o‘chiriladi”, — deyiladi xabarda.
Aksiyani o‘tkazishdan maqsad - tabiiy resurslarni asrash, tejamkorlikka rioya qilish va bu orqali sayyoramizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish.
“Qadrli yurtdoshlar! Barchangizni ushbu aksiyaga befarq bo‘lmaslikka va kun davomida atigi 60 daqiqaga elektr energiyasidan foydalanmaslikka chaqiramiz. Bu bilan siz Yerning tabiiy boyliklarini asrab-avaylashga o‘z hissangizni qo‘shasiz va boshqalarni ham sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishga ruhlantirasiz”, — deyiladi xabarda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko‘ra, 22-mart kuni dunyoning ko‘plab shaharlarida chiroqlar bir soat davomida o‘chirildi. Shu kuni dunyodagi eng katta ekologik kampaniya - Yer vaqti bo‘lib o‘tdi. Tadbir 2007-yildan beri Butunjahon tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi tashabbusi bilan mart oyining so‘nggi shanbasida o‘tkazib kelinadi.
Butun sayyorada millionlab insonlar ushbu tadbirda ishtirok etmoqda va bu ekologik harakatning katalizatoriga aylandi. Uning sharofati bilan ko‘plab ekologik loyihalar yaratildi va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qonunlar qabul qilindi. BMT ko‘p yillar davomida ushbu kampaniyada ishtirok etib keladi. Masalan, BMT shtab-kvartirasida kechki soat sakkiz yarimdan boshlab chiroqlar an’anaviy tarzda bir soat davomida o‘chirildi.
Yangiliklar lentasi
0