Kuvaytda Buxoro amiriga tegishli zargarlik buyumlari topildi

© Sentr islamskoy sivilizatsiiV Kuveyte nashli yuvelirnie izdeliya, prinadlejashie emiru Buxari
V Kuveyte nashli yuvelirnie izdeliya, prinadlejashie emiru Buxari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2025
Obuna bo‘lish
Kuvaytdagi muzeyda Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari nusxalari va Buxoro amiriga tegishli zargarlik buyumlari saqlanmoqda.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Kuvaytda Buxoro amiriga tegishli zeb-ziynatlar topildi, deya xabar berdi Islom sivilizatsiyasi markazi axborot xizmati.
Kuvayt poytaxti al-Kuvayt shahrida joylashgan Toriq Rajab muzeyi 30 000 tadan ortiq qadimiy va zamonaviy buyumlardan iborat shaxsiy kolleksiyani o‘z ichiga oladi. Muzeyga kuvaytlik tadbirkor Toriq Sayyid Rajab tomonidan asos solingan. Muassasa o‘z faoliyatini 1980-yilda boshlagan. Unda ko‘p yillar davomida shakllangan shaxsiy kolleksiya jamlangan bo‘lib, Toriq Rajab muzeyi nomi bilan mashhur.
O‘zbekistondan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etilishi kutilayotgan ekspozitsiyaga 50 taga yaqin jahon kolleksiyalarini jalb qilish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
1/4
“Toriq Rajab muzeyining eksponatlarini yurtingizda namoyish etish tarixiy voqelik. Mazkur muzeyda O‘zbekiston madaniy merosiga oid qimmatli eksponatlar, shu jumladan, Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarining XIV asrda ko‘chirilgan nusxalari, Buxoro amiri va uning qarindoshlariga tegishli taqinchoqlar, Shayboniylar davriga oid miniaturalar va ko‘plab eksponatlar mavjud”, — dedi muzey direktori Ziyad Rajab.
Muzeyda Buxorodan keltirilgan zargarlik buyumlari, qadimiy liboslar, qurol-yarog‘lar, hunarmandchilik ashyolari, matolar, shisha idishlar ham o‘rin olgan.
“Mening onam, asosan, zargarlik buyumlarini to‘plagan bo‘lsa, otam sopol va metall buyumlarga mas’ul bo‘lganlar. Ota-onam aynan O‘zbekiston hududi va tarixiga qiziqqanlari bois muzeyda ushbu manzildan keltirilgan artefaktlar ko‘plab topiladi”, — deya qo‘shimcha qildi Ziyad Rajab.
Uchrashuv yakunida Katta Langar Qur’oni faksimile nusxasi, xattot Habibullo Solih tomonidan papirusga tushirilgan Muhammad (s.a.v) muhri aks etgan maktub nusxasi muzey direktori Ziyad Rajabga taqdim qilindi.
Shuningdek, Kuvaytdagi Islom merosi uyi bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
© Sentr islamskoy sivilizatsiiV Kuveyte nashli yuvelirnie izdeliya, prinadlejashie emiru Buxari
V Kuveyte nashli yuvelirnie izdeliya, prinadlejashie emiru Buxari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2025
V Kuveyte nashli yuvelirnie izdeliya, prinadlejashie emiru Buxari
O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi Ayubxon Yunusov va Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi delegatsiya Kuvayt Islom merosi uyiga tashrif buyurdi.
Ma’lumot uchun, Islom san’ati muzeylari kolleksiyasi rang-barang bo‘lib, Qur’on qo‘lozmalari va ilmiy asarlar, zargarlik, to‘qimachilik, kulolchilik buyumlari, shisha, metal, tosh, yog‘och, fil suyagi, gilamlar kabi noyob durdonalarni o‘z ichiga oladi. Kutubxonada arab va boshqa tillardagi nodir kitoblar va ma’lumotnomalar to‘plami mavjud.
© Sentr islamskoy sivilizatsiiV Kuveyte nashli yuvelirnie izdeliya, prinadlejashie emiru Buxari
V Kuveyte nashli yuvelirnie izdeliya, prinadlejashie emiru Buxari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2025
V Kuveyte nashli yuvelirnie izdeliya, prinadlejashie emiru Buxari
Kuvayt Islom merosi uyi mamlakatning Madaniyat, san’at va adabiyot bo‘yicha Milliy kengashi nazorati ostida “As-Saboh” islom san’ati to‘plamini namoyish etish uchun tashkil etilgan. To‘plamda Xitoydan Andalusiyagacha cho‘zilgan va hijriy I asrdan — XIII asrgacha bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga olgan 20 mingdan ortiq islom san’atining durdonalari mavjud.
Shuningdek, Kuvayt Islom merosi uyida eramizning XIX asriga oid nodir kitoblar to‘plamini o‘z ichiga olgan maxsus kutubxona ham mavjud. Unda islom san’ati va sivilizatsiyasi bilan bog‘liq tadqiqotlarni yorituvchi nashrlar ham o‘rin olgan. Islomiy asarlar uyida marhum shayx Nosir va shayxa Hassa tomonidan yig‘ilgan 30 ming dona qadimiy buyumlarga ega Saboh kolleksiyasi mavjud. Bu kolleksiya mintaqadagi islom va arab madaniy merosini aks ettiradi.
Sentr islamskoy sivilizatsii Uzbekistana rasshirayet mejdunarodnoe sotrudnichestvo
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2025
Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyalarida 800 dan ortiq loyiha namoyish etiladi
Yangiliklar lentasi
0