O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi
12:55 22.03.2025 (yangilandi: 13:04 22.03.2025)
© press-slujba xokimiyata Surxandarinskoy oblastiUzbekistan napravil v Afganistan ocherednuyu partiyu gumanitarnoy pomoshi.

© press-slujba xokimiyata Surxandarinskoy oblasti
Obuna bo‘lish
Insonparvarlik yordami tarkibidan un, bug‘doy, makaron mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, shakar, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh o‘rin olgan.
TOShKENT, 22 mar – Sputnik. O‘zbekiston xalqi nomidan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yetkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yordam O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq amalga oshirildi.
© press-slujba xokimiyata Surxandarinskoy oblastiUzbekistan napravil v Afganistan ocherednuyu partiyu gumanitarnoy pomoshi.

Uzbekistan napravil v Afganistan ocherednuyu partiyu gumanitarnoy pomoshi.
© press-slujba xokimiyata Surxandarinskoy oblasti
“Navro‘z bayrami va yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti munosabati bilan Afg‘oniston aholisiga qariyb 200 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuki qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi”, - deyiladi xabarda.
Oziq-ovqat mahsulotlari Hayraton shahridagi “Astras” kompaniyasi hududida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, shuningdek, Mudofaa, Transport, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi va Tashqi ishlar vazirliklari mutasaddilari hamda Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo hamda ikki tomon rasmiylari ishtirokida topshirildi.
© press-slujba xokimiyata Surxandarinskoy oblastiUzbekistan napravil v Afganistan ocherednuyu partiyu gumanitarnoy pomoshi.

Uzbekistan napravil v Afganistan ocherednuyu partiyu gumanitarnoy pomoshi.
© press-slujba xokimiyata Surxandarinskoy oblasti
Insonparvarlik yordami tarkibidan un, bug‘doy, makaron mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, shakar, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh o‘rin olgan.
Shuningdek, Mozori Sharif shahrida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilib, kelgusidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Suhbat davomida O‘zbekiston tomonidan Afg‘onistonda barpo etilayotgan Imom Buxoriy maqbarasi qurilishi haqida ham alohida fikr almashildi.
© press-slujba xokimiyata Surxandarinskoy oblastiUzbekistan napravil v Afganistan ocherednuyu partiyu gumanitarnoy pomoshi.

Uzbekistan napravil v Afganistan ocherednuyu partiyu gumanitarnoy pomoshi.
© press-slujba xokimiyata Surxandarinskoy oblasti
Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirib, yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘llashdi.
Tashrif davomida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan ham tanishildi.