Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Yermolovich: Maqsad – YeOII davlatlari fuqarolari uchun dori vositalari mavjudligini ta’minlash

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishFarmatsevticheskiy zavod "Biokom" v Stavropolye
Farmatsevticheskiy zavod Biokom v Stavropolye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2025
Obuna bo‘lish
Maksim Yermolovichning so‘zlariga ko‘ra, farmatsevtika sohasini o‘rganishdan maqsad to‘siqlarni kamaytirish, narxlarni pasaytirishdir.
TOShKENT, 22 mar – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish vaziri Maksim Yermolovich Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Aleksey Kedrin bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
YeIK vaziri joriy yilda Komissiyaning Raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish bo‘limi farmatsevtika sohasida raqobatni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli tarmoq tadqiqotini o‘tkazayotganini ta’kidladi.
Maksim Yermolovichning so‘zlariga ko‘ra, “farmatsevtika sohasini o‘rganishdan maqsad to‘siqlarni kamaytirish, narxlarni pasaytirish va buning natijasida YeOII davlatlari fuqarolari uchun dori vositalarining mavjudligini ta’minlashdir”.
Tomonlar assotsiatsiyaning olib borilayotgan tadqiqotlardagi ishtirokini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida Maksim Yermolovich Aleksey Kedrinni Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy forumining ixtisoslashtirilgan tadbirlarida ishtirok etishga taklif qildi.
Proizvodstvo lekarstvennix preparatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeIK: Qozonda farmatsevtika bozorlarida raqobatni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
Yangiliklar lentasi
0