Sharq xalqlari Navro‘zni qanday nishonlaydi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV parke "Yangi Uzbekiston" s uchastiyem prezidenta Shavkata Mirziyoyeva proxodat torjestva po sluchayu vsenarodnogo prazdnika Navruz.
V parke Yangi Uzbekiston s uchastiyem prezidenta Shavkata Mirziyoyeva proxodat torjestva po sluchayu vsenarodnogo prazdnika Navruz. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2025
Obuna bo‘lish
2010 yilda BMT Bosh Assambleyasi 21-mart — Xalqaro Navro‘z kuni deb e’lon qildi.
Navro‘z — Sharq xalqlarida islom dini paydo bo‘lishidan oldin ham nishonlangan kelinadigan bayram sanaladi. U ilk bor hozirgi Eronning shimoliy-sharqiy qismi hududida uch ming yildan ortiq vaqt oldin paydo bo‘lgan. Keyinchalik u Markaziy Osiyo davlatlariga ham keng tarqaldi. Navro‘z fors tilidan olingan bo‘lib, “yangi kun” degan ma’noni bildiradi. Ilgarigi davrlarda ajdodlar tabiatga, uning kuchlariga e’tiqod qilishgan. Shu bois hozir ham turli xalqlarda bahorning kirib kelishini nishonlovchi turli bayramlar mavjud. Masalan, Hindistonning shimolida Lori bayrami qishning tugash kuni, Misrda Jam en-Nesim bahor boshlanishining belgisi, Isroilda esa Tu bi-shvat bayrami yomg‘ir mavsumining tugashini sifatida nishonlanadi.
© Sputnik / RatushenkoUchastnisi prazdnika navruz razdayut sumanak - traditsionnoe blyudo iz rostkov pshenisi.
Uchastnisi prazdnika navruz razdayut sumanak - traditsionnoe blyudo iz rostkov pshenisi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2025
Uchastnisi prazdnika navruz razdayut sumanak - traditsionnoe blyudo iz rostkov pshenisi.
Navro‘z 2009-yil 30-sentabrda insoniyat madaniy merosining ajralmas qismi sifatida YuNESKO tomonidan umumjahon nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.
2010 yilning 19-fevral kuni BMT Bosh Assambleyasining 64-sessiyasida 21-mart — Xalqaro Navro‘z kuni deb e’lon qilindi.

O‘zbekiston

O‘zbekistonda Navro‘z bayrami 1990-yildan boshlab rasman keng nishonlanib kelinadi. 21-mart kuni Navro‘z umumxalq bayrami va dam olish kuni sifatida belgilangan.
Mamlakat bo‘ylab sayllar, katta tadbirlar tashkil etiladi. Mart oyi o‘rtalariga kelib, xonadonlarda sumalak pishirish ishlari boshlanib ketadi. Qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘lar doshqozon atrofida yig‘ilib, qo‘shiq, laparlar aytib birgalikda sumalak kovlaydi. Xalq orasida sumalak yeganda tilagan niyatlar amalga oshadi, degan gap yuradi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV parke "Yangi Uzbekiston" s uchastiyem prezidenta Shavkata Mirziyoyeva proxodat torjestva po sluchayu vsenarodnogo prazdnika Navruz.
V parke Yangi Uzbekiston s uchastiyem prezidenta Shavkata Mirziyoyeva proxodat torjestva po sluchayu vsenarodnogo prazdnika Navruz. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2025
V parke "Yangi Uzbekiston" s uchastiyem prezidenta Shavkata Mirziyoyeva proxodat torjestva po sluchayu vsenarodnogo prazdnika Navruz.
Bu kunda har bir xonadon dasturxoni ko‘k somsalar, nisholda, go‘shtli va yog‘li taomlar, sumalak, palov va boshqa milliy noz-ne’matlar bilan to‘ldiriladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNavruz v Tashkente
Navruz v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2025
Navruz v Tashkente
Navro‘z kuni hech kim uyda o‘tirmaydi. Ayniqsa, qishloqlarda o‘tadigan xalq sayillari juda qizg‘in bo‘ladi. Ko‘pkari, polvonlar kurashi va boshqa ko‘plab qiziqarli tadbirlar tashkil qilinadi.

Qozog‘iston

Navro‘z Qozog‘istonda rasmiy davlat bayrami bo‘lib, 21-martdan boshlab uch kun davomida nishonlanadi. Mamlakatda Navro‘z hosildorlik, do‘stlik va muhabbat ramzi hisoblanadi. Bu kunda qozoq xalqi go‘zal liboslarni egniga ilib, yaqinlari va qarindoshlarini ziyorat qilishadi.
© Sputnik / Yertay Sarbasov / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Novruza v stranax SNG
Prazdnovanie Novruza v stranax SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2025
Prazdnovanie Novruza v stranax SNG
Bayram kuni har bir oilaning bayram dasturxonda milliy taomlardan navro‘z-ko‘ja bo‘lishi shart. Qozoq xalqi bu taomni to‘yib yeyish kerak, ana shunda yil barokatli va farovonlikda o‘tadi deb hisoblaydi.
© Sputnik / Sanat Imangaliyev / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Navruza v Kazaxstane
Prazdnovanie Navruza v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2025
Prazdnovanie Navruza v Kazaxstane
Qozog‘istonda raqamlar ham o‘ziga xos ma’noga ega. Masalan, navro‘z-ko‘jaga yetti mahsulot qo‘shiladi va yetti kosaga solinib tortiladi. Har bir kishi uyiga yetti mehmonni taklif qilishi, shuningdek, o‘zi ham yetti uyga mehmon bo‘lishi kerak. Ular bayramida an’anaviy ichimligi qimizni ichib, bir-birini “Kөktem tudi!” (Bahor keldi!) deb qutlaydi.
Shahar va qishloqlarda ko‘cha tomoshalari, spektakllar tashkil etiladi. Bayramning qadimiy an’analaridan biri “Altibakan” deb ataladi, unda yigit-qizlar yig‘ilib, birgalikda suhbatlashib, arg‘imchoqda uchishadi.

Tojikiston

Navro‘z — Tojikistondagi eng muhim va sevimli bayramlardan biri va 21-mart kuni nishonlanadi. Bu kunda Tojikistonning barcha hududlarida karnay-surnay va dutor sadolari yangraydi. Mamlakat aholisi ko‘chalarga chiqib, bayram sayllarida ishtirok etadi, bir-biriga sovg‘alar ulashib, yangi yil bilan tabriklaydi.
© Press-slujba prezidenta TadjikistanaNavruz v Tadjikistane
Navruz v  Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2025
Navruz v Tadjikistane
Tojik xalqida Navro‘z turli xil an’analar boy. Masalan, ulardan biri — bayram kelguniga qadar uyni tozalash. Navro‘zdan oldin uylar yuvilib, eski va singan buyumlar chiqarib tashlanadi.
Bu xalqda Navro‘z dasturxonining asosiy taomi sumanakdir (sumalak). Sumanak mamlakatdagi har bir xonadonda tayyorlanadi. Rivoyatlarga ko‘ra, Sumanakni aralashtirish vaqtida tilak tilash kerak. Agar tilak chin yurakdan qilinsa, u albatta amalga oshadi, deb ishoniladi.
© Sputnik / Stas EtveshPrazdnovanie Navruza v Moskve na stadione "Lujniki"
Prazdnovanie Navruza v Moskve na stadione Lujniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2025
Prazdnovanie Navruza v Moskve na stadione "Lujniki"
Tojik xalqida Navro‘z bayramida savob ishlar qilish an’anasi ham bor. Bayram arafasida odamlar muhtojlarga yordam beradi, xayriya jamg‘armalariga pul o‘tkazadi va kam ta’minlangan oilalar, yetim bolalar uchun xayriya tadbirlari tashkil qilinadi.

Turkmaniston

Turkmanistonda ham Navro‘z 21-22 mart kuni nishonlanadigan an’anaviy bayramdir. Turkman xalqi uchun Navro‘z yangi yil boshlanishini hamda dala ishlari mavsumining ochilishi ramzi hisoblanadi. Bayram arafasida mamlakat bo‘ylab ko‘chat ekish tadbirlari o‘tkaziladi, unda davlat rahbari, diplomatik vakolatxonalar rahbarlari va mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan elchilar ham ishtirok etadi.
© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Novruza v stranax blijnego zarubejya
Prazdnovanie Novruza v stranax blijnego zarubejya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2025
Prazdnovanie Novruza v stranax blijnego zarubejya
Ko‘pchilik Navro‘zni oila davrasida nishonlaydi. Bayram dasturxoni turli xil milliy taomlar bilan bezatiladi. Dasturxonning eng asosiy taomi semeni (sumalak) bo‘lib, u ko‘kargan bug‘doydan tayyorlanadi.
© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Navruza v Kazani
Prazdnovanie Navruza v Kazani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2025
Prazdnovanie Navruza v Kazani
Bayram munosabati bilan mamlakatda eng yirik bayram tadbirlari Ashxoboddan 18 km sharqda joylashgan Axal vodiysida bo‘lib o‘tadi. Bu yerda ulkan bayram bozori tashkil etilib, savdo rastalarida turkman hunarmandchilik mahsulotlari, milliy suvenirlar, do‘ppilar, musiqiy asboblar, kundalik turmush buyumlari, bezakli kulolchilik buyumlari, mashhur turkman gilamlari va milliy naqshinkor hunarmandchilik namunalari bilan to‘ladi. Shuningdek, bayramda chavandozlik, milliy kurash musobaqalari ham bo‘lib o‘tadi.

Eron

Eronda nishonlanadigan eng mashhur va sevimli bayramlar orasida Navro‘z alohida ahamiyat kasb etadi va 21-mart kuni nishonlanadi.
Eron xalqi Navro‘zga bir necha hafta oldin tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Bayram arafasidagi tozalik ishlari an’ananing bir qismi bo‘lib, uy-joylar, ko‘chalar, shahar burchaklari yuvilib, chang va kirlardan tozalanadi. Eronliklar buni nafaqat moddiy, balki ma’naviy tozalanish, deb atab, bu orqali hayotlariga yangi va yorug‘ bir davr kelishiga ishonishadi.
Navro‘zdan bir kun oldin, yilning oxirgi seshanba kuni eronliklar olov yoqib, qo‘shiqlar aytishadi va milliy musiqa asboblari sadolari ostida raqsga tushishadi.
Navro‘zning yana bir eng muhim an’analaridan biri – Haft sin nomli bayramona dasturxon yozish. Bunda dasturxon ustida "S" harfi bilan boshlanadigan yetti xil mahsulot bo‘lishi shart. Masalan, Sabzex – ko‘kargan mosh yoki bug‘doy (qayta tirilish va hosildorlik ramzi), Samanu – bug‘doydan tayyorlangan shirin puding (farovonlik belgisi), Sib – olma (salomatlik va go‘zallik ramzi), Sir – sarimsoq (shifo va himoya ramzi) va boshqalar.
© Getty Images / AnadoluUlisi ukrasheni dekorativnimi yaysami — simvolom Navruza, kotoriy v Irane budet otmechatsya 21-marta po kalendaryu Xidjra Shamsi
Ulisi ukrasheni dekorativnimi yaysami — simvolom Navruza, kotoriy v Irane budet otmechatsya 21-marta po kalendaryu Xidjra Shamsi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2025
Ulisi ukrasheni dekorativnimi yaysami — simvolom Navruza, kotoriy v Irane budet otmechatsya 21-marta po kalendaryu Xidjra Shamsi
Dasturxonda, shuningdek, Qur’on va ko‘plab shamlar bo‘lishi shart. Oila a’zolari yig‘ilib, Qur’on tilovat qilishadi. Ba’zi aholi esa Navro‘zni muqaddas ziyoratgohlarda, mozorlarda kutib olishni ma’qul ko‘radi. U yerdagi muhit ularga ma’naviy yaqinlik va yengillik olib keladi, deya ishoniladi.

Qirg‘iziston

Navro‘z Qirg‘iziston xalqi uchun eng qadrli va sevimli bayramlardan biri. Bayrami arafasida qirg‘iz xalqida qarzlarni to‘lash, qarindoshlar va do‘stlar bilan murosa qilish, kelgusi yilda farovonlik, mo‘l-ko‘lchilik va unumdorlik uchun ibodat qilish odat tusiga kirgan. Ular bayramda o‘z uylarini tartibga solib, yovuz ruhlarning quvilishi ramzi bo‘lgan archa tutuni bilan uyni aylanib, bayramona dasturxonni turli milliy taomlar bilan to‘ldirishadi.
© Getty Images / AnadoluMeropriyatiya po sluchayu Navruza, v Bishkeke, Kirgizstan
Meropriyatiya po sluchayu Navruza, v Bishkeke, Kirgizstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2025
Meropriyatiya po sluchayu Navruza, v Bishkeke, Kirgizstan
Qadim zamonlardan beri Qirg‘izistonda 20-martdan 21-martga o‘tar kechasi bayram dasturxonining asosiy noz-ne’matini xalq orasida "sumolok" deb atalgan taom tayyorlanadi. Taom pishirilayotganda tun bo‘yi hovlida xalq qo‘shiqlari kuylanadi, raqslar, rivoyatlar, ezgu tilaklar aytiladi.
© Sputnik / Igor Yegorov / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Novruza v stranax SNG
Prazdnovanie Novruza v stranax SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2025
Prazdnovanie Novruza v stranax SNG
An’anaga ko‘ra, bayram kuni shaharning barcha tumanlarida bayram dasturxonlari, musobaqalar, milliy o‘yinlar va turli sport musobaqalari tashkil etiladi.

Afg‘oniston

Navro‘z bayrami Afg‘onistonning ayniqsa Balx viloyatida katta ahamiyatga ega. Mamlakatda bayramining eng muhim marosimi – Balx va Kabuldagi maqbaralarda Sohiy bayroq ko‘tarish tadbiridir. Chunki Afg‘onistonda Navro‘z bayrami diniy qadriyatlar bilan ham bog‘langan holda nishonlanadi.
Bu kuni Afg‘oniston aholisi bayram dasturxonini milliy taomlar bilan bezab, haft sin va haft mevani tayyorlashadi. Xonadonlarda Sham yoqiladi va yangi kiyimlar kiyiladi. Kurash, ot poygasi, sport musobaqalari va boshqa milliy o‘ynlar tashkil etiladi. Aholi masjid va maqbaralarga tashrif buyuradi, qarindoshlar ziyorat qilinadi, qabrlar tozalanib, kasallardan xabar olinadi.
Biroq 2021-yilda "Tolibon"* hukumatga kelganidan keyin Navro‘zga munosabat o‘zgardi. "Tolibon"* ushbu bayramni zardushtiy an’anasi deb qabul qilib, "bid’at" deb hisobladi. Ammo, rasmiy cheklovlarga qaramay, ko‘plab afg‘onistonliklar Navro‘zni maxfiy ravishda nishonlashda davom etmoqda.

Turkiya

Turkiyaning Anadolu hududida Navro‘z bayrami ayniqsa boshqacha kayfiyat va e’tibor bilan nishonlanadi. Bu hududda Navro‘zni “Sulton-i Navro‘z”, “Navro‘z sulton” va “Martning oxiri” nomlari bilan ham atashadi.
Navro‘z bayram mamlakatning turli qismlarida ayricha urf-odatlar bilan nishonlanadi. Ba’zi hudularda turklar bayram oldi kiyim-kechaklar yuvishadi, taomlar tayyorlashadi. Bayram kuni mehmonlarga piroglar, bo‘yalgan tuxumlar va an’anaviy shirinliklar tortiq qilishadi. Qo‘shnilar va qarindoshlar bir-birini ziyorat qilib, Navro‘z bilan tabriklaydilar.
Ayrim hududlarda esa, 22-mart kuni ertalab turklar bayram munosabati bilan eng yaxshi kiyimlarini kiyib, oldin tayyorlangan taomlar bilan qabristonga yo‘l oladi. U yerda qahva qaynatib, suhbat qurishadi, qabrlarni ziyorat qilishadi. Keyin qabristonda yig‘ilib, birga taom tanovul qilinadi. Qo‘shiq kuylash, sazda o‘ynash kabi rasm-rusumlar ham bajariladi.

Ozarbayjon

Ozarbayjonda Navro‘z bayrami uch kun davom etadi. Navro‘zdan oldin eng muhim bayram “Ilaxir chershenbe” (oxirgi chorshanba) hisoblanadi. Bu kun yilning oxirgi kuni deb ataladi. Bayram oyi davomida har chorshanba alohida ahamiyatga ega. Oxirgi chorshanba arafasida, seshanba kuni erkaklar qarindoshlarining qabrlarini ziyorat qilib, duo o‘qishadi. Ayollar esa qabristonga holva va boshqa taomlar bilan birga boradi. Qabristonda duo o‘qilgandan so‘ng o‘zi bilan olib kelgan taomlarni muhtojlarga tarqatishadi.
© Sputnik / Murad Orudjev / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Novruza v stranax SNG
Prazdnovanie Novruza v stranax SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2025
Prazdnovanie Novruza v stranax SNG
“Axir chorshanba” Navro‘zning seshanba va chorshanba kechasidir. Bu kuni uylar tozalanadi, idishlar yuviladi. Yetti xil masalliqdan iborat taom - “Yedi-levin” tayyorlanadi. Kichik bolalarni ko‘chalarda yurib, xonadonlardagi suhbatlarni eshittirishadi. Ular eshitgan ilk so‘zga qarab, yangi yil yaxshilik yoki yomonlik olib kelishi haqida xulosa qilinadi.
© Getty Images / AnadoluPrazdnovaniya Novruza, sostoyavshegosya v Xrame ognepoklonnikov Baku v Suraxanskom rayone stolisi Azerbaydjana 18-marta 2025 goda.
Prazdnovaniya Novruza, sostoyavshegosya v Xrame ognepoklonnikov Baku v Suraxanskom rayone stolisi Azerbaydjana 18-marta 2025 goda.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2025
Prazdnovaniya Novruza, sostoyavshegosya v Xrame ognepoklonnikov Baku v Suraxanskom rayone stolisi Azerbaydjana 18-marta 2025 goda.
Oxirgi chorshanbada yana bir urf-odat suvga uzuk tashlash marosimi bor. Xona o‘rtasiga suv to‘ldirilgan idish qo‘yiladi va qizlar uning atrofiga yig‘iladi. Ular uzuklarini suvga tashlaydilar. Keyin idish to‘qimadan yasalgan mato bilan yopiladi va niyat qilinadi. Shundan so‘ng qizlardan biri ko‘zini yumib, idishdan tasodifiy ravishda bir uzukni oladi. Shunday qilib, qaysi qizning uzugi tanlansa, uning orzusi amalga oshishiga ishoniladi.
Navro‘z kuni kattalar va ayollar alohida yig‘ilib, bir-birlarini bayram bilan tabriklashadi. Agar shu kuni kimdir vafot etgan bo‘lsa, uning xonadoniga tashrif buyurishadi, ammo motam tutishga ruxsat berilmaydi. Shuningdek, muhtojlar ziyorat qilinadi, ularga shirinliklar, palov va bo‘yalgan tuxumlar ulashiladi.
* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot
Maqola ochiq ma’lumotlar asosida tayyorlandi
Yangiliklar lentasi
0