https://oz.sputniknews.uz/20250321/jarima-ballari-48520317.html
Yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarima ballari asosida qanday baholanadi – tafsilotlar
Yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarima ballari asosida qanday baholanadi – tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Jarima ballari haydovchilarga nisbatan faqat YHXX xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar asosida hisoblanadi. Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari “E-jarimaball” moduli orqali hisoblab boriladi. Haydovchilar svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan o‘tishiga 1 ball beriladi.Bundan tashqari, haydovchilarning yo‘lning qarama-qarshi tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lsa 2 ball beriladi.
2025-03-21T17:09+0500
2025-03-21T17:09+0500
2025-03-21T17:09+0500
jamiyat
yo‘l harakati qoidalari (yhq)
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/0d/47523493_0:113:2156:1325_1920x0_80_0_0_d42b1408eb8c31525813a706df4c9fbc.jpg
TOShKENT, 21 mar – Sputnik. O‘zbekiston hukumatining “Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.Unga ko‘ra, jarima ballari haydovchilarga nisbatan faqat YHXX xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar asosida hisoblanadi.Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari “E-jarimaball” moduli orqali avtomatlashtirilgan tartibda hisoblab boriladi.12 oy mobaynida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga rag‘batlantirish tariqasida, keyingi davrda yo‘l harakati qoidalarini birinchi marta buzganligi uchun birinchi jarima balli hisoblanmaydi.Haydovchilarning oxirgi huquqbuzarligi uchun jarima bali hisoblangan vaqtdan boshlab, ular 6 oy davomida yo‘l harakati qoidabuzarliklariga doir boshqa huquqbuzarlik sodir etmagan taqdirda, uning umumiy jarima ballaridan ikki jarima balli ayirib tashlanadi.Agar haydovchilar jarima ballarining umumiy miqdori ikki jarima balidan kam bo‘lgan taqdirda, barcha jarima ballari ayirib tashlanadi hamda jarima ballarini hisoblash muddati birinchi huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdan yangidan boshlanadi.Haydovchilar o‘zining jarima ballari haqidagi ma’lumotlarni “E-jarimaball” moduli va maxsus mobil ilova hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali oladi.Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzganliklari uchun to‘plagan har bir ballari ularga SMS xabar yuborish orqali ogohlantiriladi.Jarima ballari asosida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning elektron ma’lumotlar bazasi joriy etiladi.Qaror 2025-yil 1-maydan e’tiboran kuchga kiradi.Qaysi qoidabuzarlik uchun qancha jarima ballari beriladi?Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va ruxsatnomasiz qoraytirilgan oynali transport vositalaridan foydalanganlik uchun 0,5 ball beriladi.Shuningdek:Shu bilan birga, haydovchilar svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan o‘tishiga 1 ball beriladi.Bundan tashqari, haydovchilarning yo‘lning qarama-qarshi tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lsa 2 ball beriladi.YTH qatnashchilarining hodisa yuz bergan joydan ketib qolishiga ham 2 jarima balli beriladi.2023 yil 23-noyabrda Qonunchilik palatasi deputatlari qoidabuzar haydovchilarga jarima ballarini yozish tizimini joriy etish bo‘yicha qonun loyihasini qabul qildi. Senat esa 2025-yilga kelib qonunni ma’qullagan.
https://oz.sputniknews.uz/20250221/jarima-ballari-haydovchi-avtomobil-48060900.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/0d/47523493_119:0:2035:1437_1920x0_80_0_0_bb130a522b34d0bb603516164217cbf3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jarima ballari o‘zbekiston qonun hisoblash modda
jarima ballari o‘zbekiston qonun hisoblash modda
Yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarima ballari asosida qanday baholanadi – tafsilotlar
Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzganliklari uchun to‘plagan har bir ballari ularga SMS xabar yuborish orqali ogohlantiriladi.
TOShKENT, 21 mar – Sputnik. O‘zbekiston hukumatining “Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun
e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, jarima ballari haydovchilarga nisbatan faqat YHXX xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar asosida hisoblanadi.
Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari “E-jarimaball” moduli orqali avtomatlashtirilgan tartibda hisoblab boriladi.
12 oy mobaynida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga rag‘batlantirish tariqasida, keyingi davrda yo‘l harakati qoidalarini birinchi marta buzganligi uchun birinchi jarima balli hisoblanmaydi.
Haydovchilarning oxirgi huquqbuzarligi uchun jarima bali hisoblangan vaqtdan boshlab, ular 6 oy davomida yo‘l harakati qoidabuzarliklariga doir boshqa huquqbuzarlik sodir etmagan taqdirda, uning umumiy jarima ballaridan ikki jarima balli ayirib tashlanadi.
Agar haydovchilar jarima ballarining umumiy miqdori ikki jarima balidan kam bo‘lgan taqdirda, barcha jarima ballari ayirib tashlanadi hamda jarima ballarini hisoblash muddati birinchi huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdan yangidan boshlanadi.
Haydovchilar o‘zining jarima ballari haqidagi ma’lumotlarni “E-jarimaball” moduli va maxsus mobil ilova hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali oladi.
Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzganliklari uchun to‘plagan har bir ballari ularga SMS xabar yuborish orqali ogohlantiriladi.
Jarima ballari asosida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning elektron ma’lumotlar bazasi joriy etiladi.
Qaror 2025-yil 1-maydan e’tiboran kuchga kiradi.
Qaysi qoidabuzarlik uchun qancha jarima ballari beriladi?
Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va ruxsatnomasiz qoraytirilgan oynali transport vositalaridan foydalanganlik uchun 0,5 ball beriladi.
belgilangan harakat tezligini 20 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi uchun 0,5 ball;
belgilangan harakat tezligini 20 km/soatdan ko‘p, 40 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi uchun 1 ball;
belgilangan harakat tezligini 40 km/soatdan ko‘p, 60 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi uchun 1,5 ball;
belgilangan harakat tezligini 60 km/soatdan ko‘p, 80 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi uchun 2 ball beriladi.
Shu bilan birga, haydovchilar svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan o‘tishiga 1 ball beriladi.
Bundan tashqari, haydovchilarning yo‘lning qarama-qarshi tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lsa 2 ball beriladi.
YTH qatnashchilarining hodisa yuz bergan joydan ketib qolishiga ham 2 jarima balli beriladi.
2023 yil 23-noyabrda Qonunchilik palatasi deputatlari qoidabuzar haydovchilarga jarima ballarini yozish tizimini joriy etish bo‘yicha qonun loyihasini qabul qildi. Senat esa 2025-yilga kelib qonunni ma’qullagan.