Shavkat Mirziyoyev Toshkentda yangi qurilgan savdo majmuasini borib ko‘rdi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s sovremennim torgovim sentrom

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Buyuk ipak yo‘li metrosidan Toshkent traktor zavodi dahasigacha 10 ta bekat quriladi.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Yunusobod tumanida qurilgan “High Town City” majmuasi shulardan biri, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s sovremennim torgovim sentrom

Prezident oznakomilsya s sovremennim torgovim sentrom
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Majmua savdo va ko‘ngilochar markazi, biznes markazi, mehmonxona va zamonaviy turar joylarni o‘z ichiga olgan. Bunga 510 million dollar to‘liq xorijiy investitsiya yo‘naltirilgan. Majmua bir kunda 5 ming kishiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Unda 1 ming 500 kishi ish bilan ta’minlandi.
“Savdo markazida shinam kitob do‘koni ham ochilgan. Shavkat Mirziyoyev bu tashabbusni olqishlab, metro bekatlari, kutish joylarida ham mo‘’jaz kitob do‘konlari tashkil etish maqsadga muvofiqligini aytdi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Davlat rahbari o‘yin maydonchasidagi bolajonlar bilan ham suhbatlashdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s sovremennim torgovim sentrom

Prezident oznakomilsya s sovremennim torgovim sentrom
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Aytilishicha, yaqinda 24 qavatli, besh yulduzli mehmonxona ham barpo etilishi rejalashtirilgan. Unda 250 ta xona bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 430 kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Davlat rahbariga shu yerda quriladigan zamonaviy uy-joylar loyihasi taqdimot qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s sovremennim torgovim sentrom

Prezident oznakomilsya s sovremennim torgovim sentrom
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Quyidagilar ma’lum qilindi:
1 ming 500 ta xonadondan iborat 28 ta ko‘p qavatli uy bunyod etiladi.
Majmua hovlisi avtomobillar uchun yopiq va yashil hudud bo‘ladi.
Bolalar bog‘chasi, o‘yin maydonchasi, tennis korti, yerosti avtoturargoh tashkil etiladi.
Majmua hududi to‘liq Wi-Fi bilan qamrab olinadi hamda binolarda shovqinsiz liftlar o‘rnatiladi.
Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish loyihalari ham ko‘rib chiqildi.
“Buyuk ipak yo‘li metrosidan Toshkent traktor zavodi dahasigacha 10 ta bekat quriladi. Bu tarmoq 30 ta mahalla, 148 ming aholini qamrab oladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Yana bir loyihaga ko‘ra, Bektemir tumanida Chirchiq darosi yaqinida ko‘p qavatli uylar, savdo va xizmat binolari qurish ko‘zda tutilgan.