MITT-2025: O‘zbekiston Moskvadagi ko‘rgazmada yuzdan ortiq kelishuvga erishdi

© Komitet po turizmu Bolee 100 soglasheniy dostignuto na mejdunarodnoy turisticheskoy vistavke "MITT-2025"
Bolee 100 soglasheniy dostignuto na mejdunarodnoy turisticheskoy vistavke MITT-2025 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2025
Obuna bo‘lish
Tashrif buyuruvchilar o‘zbek xalqining boy madaniyati va tarixi bilan tanishishdi.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. O‘zbekiston vakillari Moskvada o‘tkazilgan "MITT-2025” xalqaro turizm ko‘rgazmasida 100 tadan ortiq kelishuvlarga erishishdi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Moskvada 18-20 mart kunlari “MITT-2025” xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiyaning 54 ta hududidan sanoat yetakchilari hamda 36 ta davlat, jumladan, MDH va Yaqin Sharq, Hindiston, Nepal, Xitoy, Vengriya, Kuba, Keniya, Madagaskar kabi mamlakatlar o‘z stendlari bilan ishtirok etdi. “O‘zbekiston” milliy stendi Turizm qo‘mitasi va “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan tashkil qilindi.

“Yurtimizda faoliyat yurituvchi 8 ta turfirma, “Uzbekistan airways” milliy aviakompaniyasi hamda Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Navoiy viloyatlar va Toshkent shahri turizm boshqarmalari vakillari ishtirok etdi va 100 tadan ortiq kelishuvlarga erishildi”, — deyiladi xabarda.

Aytilishicha, O‘zbekiston stendi ko‘rgazmadagi eng ko‘p tashrif buyurilgan stendlardan biriga aylandi.
Ko‘rgazmaning birinchi ish kunida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va madaniyatiga bag‘ishlangan stendda milliy raqslar namoyish etildi, turizmning turli yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar taqdim qilindi. Tashrif buyuruvchilar o‘zbek xalqining boy madaniyati va tarixi bilan tanishishdi.

“O‘zbekiston o‘zining qadimiy tarixi va boy madaniy merosi tufayli rossiyalik sayyohlar orasida eng mashhur yo‘nalishlarning top-10 taligiga kiradi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, MITT - xalqaro turizm va mehmondo‘stlik sanoati ko‘rgazmasi 30-yildan beri Moskvada o‘tkazilib kelinmoqda. Bu turizm sohasidagi eng yirik va ahamiyatli B2B tadbirlaridan biri bo‘lib, har yili dunyoning turli burchaklaridan kelgan soha mutaxassislarini bir joyga to‘playdi.
Turisti na territorii pamatnika srednevekovoy arxitekturi - kompleksa Shaxi-Zinda v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2025
O‘zbekistonga kelayotgan rossiyalik sayyohlar soni oshdi
Yangiliklar lentasi
0