https://oz.sputniknews.uz/20250320/mdh-davlat-xalqaro-iqtisodiy-forum-48491406.html
MDHning Moskvadagi forumida YeIK, ShHT va BRIKS vakillari ishtiroki kutilmoqda
MDHning Moskvadagi forumida YeIK, ShHT va BRIKS vakillari ishtiroki kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Moskvada 28-mart kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo davlatlarning Xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
2025-03-20T11:20+0500
2025-03-20T11:20+0500
2025-03-20T11:20+0500
iqtisod
mdh
moskva
forum
yeik
briks (brics)
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/10/39987923_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_2e44c77d30ebf0c50c8aa93be1139085.jpg.webp
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Moskvada 28-mart kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo davlatlarning Xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati. Ilmiy, innovatsion va investitsiya loyihalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, shuningdek, Yevroosiyo ishlab chiqarish va logistika zanjirlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Asosiy e’tibor iqtisodiy hamkorlikni rag‘batlantirish, fan-texnika sohasida qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish, innovatsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratishga qaratiladi. Yalpi majlisda Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Vladimir Karanik, Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari Aleksey Overchuk, Tojikiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Xoliqzoda Hokim Hikmatullo, MDH bosh kotibi Sergey Lebedev, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Baxitjan Sagintayev, Ittifoq davlat kotibi Dmitriy Mezensev va boshqalar so‘zga chiqadi. Forum doirasida integratsiyaning keyingi istiqbollari, shuningdek, MDH mamlakatlari iqtisodiyotining muhim tarmoqlarida ilmiy-texnikaviy taraqqiyot muammolariga bag‘ishlangan sakkizta davra suhbati o‘tkaziladi. MDH tarmoq kengashlari, MDH Ijroiya qo‘mitasi, YeIK, ShHT Kotibiyati va BRIKS organlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20250319/mdh-ozbekiston-hamdostlik-madaniyat-kun-48477653.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/10/39987923_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_7070386c690604ad4b7664b08d129875.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
moskva 28-mart mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (mdh)ga a’zo davlatlarning xalqaro iqtisodiy forumi
moskva 28-mart mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (mdh)ga a’zo davlatlarning xalqaro iqtisodiy forumi
MDHning Moskvadagi forumida YeIK, ShHT va BRIKS vakillari ishtiroki kutilmoqda
Forum doirasida MDH mamlakatlari iqtisodiyotining muhim tarmoqlarida ilmiy-texnikaviy taraqqiyot muammolariga bag‘ishlangan sakkizta davra suhbati o‘tkaziladi.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Moskvada 28-mart kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo davlatlarning Xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi MDH Ijroiya qo‘mitasi
matbuot xizmati. “Har yili yetakchi munozara maydonchasi sifatidagi maqomini tasdiqlaydigan tadbir jahon va mintaqaviy iqtisodiyotning zamonaviy chaqiriqlari kontekstida biznes va hukumatning o‘zaro hamkorligi masalalarini muhokama qilish bo‘yicha Hamdo‘stlik davlatlarining markaziy tadbiriga aylanadi”, — deyiladi xabarda.
Ilmiy, innovatsion va investitsiya loyihalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, shuningdek, Yevroosiyo ishlab chiqarish va logistika zanjirlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Asosiy e’tibor iqtisodiy hamkorlikni rag‘batlantirish, fan-texnika sohasida qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish, innovatsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratishga qaratiladi.
Yalpi majlisda Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Vladimir Karanik, Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari Aleksey Overchuk, Tojikiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Xoliqzoda Hokim Hikmatullo, MDH bosh kotibi Sergey Lebedev, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Baxitjan Sagintayev, Ittifoq davlat kotibi Dmitriy Mezensev va boshqalar so‘zga chiqadi.
Forum doirasida integratsiyaning keyingi istiqbollari, shuningdek, MDH mamlakatlari iqtisodiyotining muhim tarmoqlarida ilmiy-texnikaviy taraqqiyot muammolariga bag‘ishlangan sakkizta davra suhbati o‘tkaziladi.
MDH tarmoq kengashlari, MDH Ijroiya qo‘mitasi, YeIK, ShHT Kotibiyati va BRIKS organlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.