https://oz.sputniknews.uz/20250319/vengriya-kompaniya-sirdaryo-parrandachilik-klaster-48477112.html
Vengriya kompaniyasi Sirdaryo viloyatida parrandachilik klasterini tashkil etmoqchi
Vengriya kompaniyasi Sirdaryo viloyatida parrandachilik klasterini tashkil etmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Vengriyaning "ZA-Invest Poultry" kompaniyasi Sirdaryo viloyatida yirik loyihani amalga oshirmoqda. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
2025-03-19T10:15+0500
2025-03-19T10:15+0500
2025-03-19T10:32+0500
iqtisod
o‘zbekiston
vengriya
parrandachilik
klaster
sirdaryo
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/13/48476766_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_bade880dc5c3b262ce45bc592c35efc0.jpg
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Vengriyaning "ZA-Invest Poultry" kompaniyasi Sirdaryo viloyatida yirik loyihani amalga oshirmoqda. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Vengriyaning "OTP Group" konserni delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda guruh tarkibiga kiruvchi kompaniya bilan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasiga bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Vengriya delegatsiyasiga esa "OTP Green" kompaniyasi bosh direktori Gergey Pokosh boshchilik qildi. Unda kompaniyaning Sirdaryo viloyatida parrandachilik klasterini tashkil etish bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirish borasidagi navbatdagi choralari konstruktiv tarzda muhokama qilindi. “ZA Invest” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida klaster hududida 130 gektar maydonda 8 ta parrandachilik fabrikasi, inkubator, so‘yish va qayta ishlash sexlari, ozuqa ishlab chiqarish korxonasi, muzlatkich va ma’muriy binolar quriladi. Loyihaning quvvati yiliga 16 million dona broyler tovuqlari va 120 ming tonna omuxta yem ishlab chiqarishni tashkil etadi. Loyihani "OTP Green Fund" moliyalashtiradi va "OTP Group" tarkibiga kiruvchi "ZA-Invest Poultry" loyiha kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ma’lumot uchun, 2024-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Vengriya kapitali ishtirokidagi 12 ta korxona, jumladan, 7 ta qo‘shma va 5 tasi 100 foiz xorijiy kapital ishtirokidagi korxona faoliyat yuritmoqda. Investitsiya loyihalari portfeliga Vengriyaning OTP guruhi tarkibiga kiruvchi OTP banki tomonidan Ipoteka-bankni xususiylashtirish, "Meditop Pharmaceuticals" bilan yuqori texnologiyali farmatsevtika korxonasini tashkil etish va boshqa loyihalar kiradi.
o‘zbekiston
vengriya
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/13/48476766_73:0:1208:851_1920x0_80_0_0_7e7d5e62a4c99a276ba8394d89c8fcd1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vengriya "za-invest poultry" sirdaryo viloyati investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi otp group meditop pharmaceuticals za invest
vengriya "za-invest poultry" sirdaryo viloyati investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi otp group meditop pharmaceuticals za invest
Vengriya kompaniyasi Sirdaryo viloyatida parrandachilik klasterini tashkil etmoqchi
10:15 19.03.2025 (yangilandi: 10:32 19.03.2025) Loyihaning quvvati yiliga 16 million dona broyler tovuqlari va 120 ming tonna omuxta yem ishlab chiqarishni tashkil etadi.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Vengriyaning "ZA-Invest Poultry" kompaniyasi Sirdaryo viloyatida yirik loyihani amalga oshirmoqda. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
xabar berdi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Vengriyaning "OTP Group" konserni delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda guruh tarkibiga kiruvchi kompaniya bilan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasiga bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Vengriya delegatsiyasiga esa "OTP Green" kompaniyasi bosh direktori Gergey Pokosh boshchilik qildi.
Unda kompaniyaning Sirdaryo viloyatida parrandachilik klasterini tashkil etish bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirish borasidagi navbatdagi choralari konstruktiv tarzda muhokama qilindi.
“Hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar tafsilotlarini muhokama qilib, tomonlar hujjat almashish marosimiga o‘tdilar. Xususan, investitsiya bitimi, Sirdaryo viloyatida yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi, O‘zbekiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bilan ta’sis va nizom shartnomalari imzolandi”, — deyiladi xabarda.
“ZA Invest” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida klaster hududida 130 gektar maydonda 8 ta parrandachilik fabrikasi, inkubator, so‘yish va qayta ishlash sexlari, ozuqa ishlab chiqarish korxonasi, muzlatkich va ma’muriy binolar quriladi. Loyihaning quvvati yiliga 16 million dona broyler tovuqlari va 120 ming tonna omuxta yem ishlab chiqarishni tashkil etadi.
Loyihani "OTP Green Fund" moliyalashtiradi va "OTP Group" tarkibiga kiruvchi "ZA-Invest Poultry" loyiha kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, 2024-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Vengriya kapitali ishtirokidagi 12 ta korxona, jumladan, 7 ta qo‘shma va 5 tasi 100 foiz xorijiy kapital ishtirokidagi korxona faoliyat yuritmoqda. Investitsiya loyihalari portfeliga Vengriyaning OTP guruhi tarkibiga kiruvchi OTP banki tomonidan Ipoteka-bankni xususiylashtirish, "Meditop Pharmaceuticals" bilan yuqori texnologiyali farmatsevtika korxonasini tashkil etish va boshqa loyihalar kiradi.