https://oz.sputniknews.uz/20250319/samarqand-triatlon-paratriatlon-jahon-kubog-48477831.html
Samarqand triatlon va paratriatlon bo‘yicha Jahon kubogiga mezbonlik qiladi — sana va manzil
Samarqand triatlon va paratriatlon bo‘yicha Jahon kubogiga mezbonlik qiladi — sana va manzil
Sputnik O‘zbekiston
Shu yilning 24-25 may kunlari qadimiy Samarqandda butun dunyodan eng kuchli "Elite" sportchilari ishtirok etadigan triatlon va paratriatlon bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
2025-03-19T13:14+0500
2025-03-19T13:14+0500
2025-03-19T13:14+0500
sport
o‘zbekiston
samarqand
musobaqa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/13/40121341_0:161:3070:1888_1920x0_80_0_0_020d3759ae5bfab77b843ca250f33ec6.jpg.webp
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Shu yilning 24-25 may kunlari Samarqandda butun dunyodan eng kuchli "Elite" sportchilari ishtirok etadigan triatlon va paratriatlon bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.Musobaqa "Silk Road Samarkand" zamonaviy sayyohlik majmuasi hududida bo‘lib o‘tadi.Musobaqa g‘oliblari keyingi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun reyting ochkolarini qo‘lga kiritishda katta ustunlikka ega bo‘lishadi."World Triathlon2 Cup" doirasida sportchilar "Standard" masofada bellashadi: Suzish - 1,5 km, velosiped bosqichi - 40 km va yugurish bosqichi - 10 km."World Triathlon Para Cup"da turli toifadagi para-sportchilar ishtirok etadi: jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar (PTS2-3-4-5 ), nogironlar aravachasidagi sportchilar (PTWC) va ko‘rish qobiliyati zaif sportchilar o‘zlarining gidlari (PTVI) bilan Super Sprint masofasida: Suzish - 750 m, velosiped bosqichi - 19 km va yugurish bosqichi - 5 km.Jahon kubogi doirasida triatlon bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati ham bo‘lib o‘tadi va unda professional va havaskor sportchilar ishtirok etadi."Standard" masofada "AGE group" toifasidagi sportchilar ham ishtirok etishadi.2024 yilda Samarqandda "World Triathlon Cup" debuti bo‘lib o‘tdi va shu zahotiyoq Butunjahon triatlon xalqaro federatsiyasining eng yuqori baholarini oldi, shuningdek, ishtirokchilar va tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
https://oz.sputniknews.uz/20241013/triatlon-osiyo-chempionat-diana-bektemirova-46103692.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/13/40121341_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_184c1c50323a1b8c186ddf2f21c993be.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
24-25 may samarqand "elite" sportchilari triatlon va paratriatlon bo‘yicha jahon kubogi
24-25 may samarqand "elite" sportchilari triatlon va paratriatlon bo‘yicha jahon kubogi
Samarqand triatlon va paratriatlon bo‘yicha Jahon kubogiga mezbonlik qiladi — sana va manzil
Musobaqa "Silk Road Samarkand" zamonaviy sayyohlik majmuasi hududida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Shu yilning 24-25 may kunlari Samarqandda butun dunyodan eng kuchli "Elite" sportchilari ishtirok etadigan triatlon va paratriatlon bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi
"Dunyo" AA. Musobaqa "Silk Road Samarkand" zamonaviy sayyohlik majmuasi hududida bo‘lib o‘tadi.
“Musobaqa tashkiliy qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Samarqand 20 tadan ortiq davlatdan kelgan ishtirokchilarni qabul qiladi va poyga davomida sportchilar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi”, — deyiladi xabarda.
Musobaqa g‘oliblari keyingi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun reyting ochkolarini qo‘lga kiritishda katta ustunlikka ega bo‘lishadi.
"World Triathlon2 Cup" doirasida sportchilar "Standard" masofada bellashadi: Suzish - 1,5 km, velosiped bosqichi - 40 km va yugurish bosqichi - 10 km.
"World Triathlon Para Cup"da turli toifadagi para-sportchilar ishtirok etadi: jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar (PTS2-3-4-5 ), nogironlar aravachasidagi sportchilar (PTWC) va ko‘rish qobiliyati zaif sportchilar o‘zlarining gidlari (PTVI) bilan Super Sprint masofasida: Suzish - 750 m, velosiped bosqichi - 19 km va yugurish bosqichi - 5 km.
Jahon kubogi doirasida triatlon bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati ham bo‘lib o‘tadi va unda professional va havaskor sportchilar ishtirok etadi.
"Standard" masofada "AGE group" toifasidagi sportchilar ham ishtirok etishadi.
2024 yilda Samarqandda "World Triathlon Cup" debuti bo‘lib o‘tdi va shu zahotiyoq Butunjahon triatlon xalqaro federatsiyasining eng yuqori baholarini oldi, shuningdek, ishtirokchilar va tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.